So’nggi yangiliklar

12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  2 11:35"Барселона" де Йонг билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  2 11:16Авазбек Ўлмасалиев: "Буёғига Суперлигада осон баҳслар бўлмайди"  0 10:47АПЛнинг учта жамоасига "Реал" футболчиси керак  3 10:20Неймар яна жароҳат олди  4 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  1 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0 08:56Аморим: "Рим Папаси ҳам мени қароримни ўзгартиришга мажбур қила олмайди"  9 08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  1 07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  13 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  2 01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  7 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  10 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  5

Vadim Abramov: "Lokomotiv" o'yin tempini pasaytirishga urindi. Bu ham futboldagi bir ayyorlik" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Lokomotiv" o'yin tempini pasaytirishga urindi. Bu ham futboldagi bir ayyorlik"

Superliga 19-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Bunyodkor" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov o'z fikrlarini bildirdi.





O'yin haqida

Raqibni g'alaba bilan tabriklayman. "Lokomotiv" o'yin tempini pasaytirishga urindi, bu ham futboldagi bir ayyorlik. Hakam maydonda nima uchun kerak? Bunga qarshi chora ko'rish va kurashish uchun. Barchamiz jahon futbolini ko'ramiz, ayniqsa, biz murabbiylar va futbolchilar ancha narsani ulardan o'rganamiz. Nahotki, hakamlar bunga qarshi qanday kurashish yo'llarini o'rganishmaydi? Raqib o'yinchilari necha martalab yiqilishyapti, jamoalarda 5 tadan o'zgarish bo'lyapti, lekin o'yinga 4 daqiqa qo'shib berilyapti. Angliya futbolini ko'rsangiz, 8 yoki 10 daqiqadan qo'shiladi.

"Lokomotiv"ning har ikki goli bir xil ko'rinish oldi. Tanaffusda jamoangiz futbolchilariga bunga qarshilik ko'rsatish bo'yicha qandaydir ko'rsatmalarni berdingizmi?

Individual xatolarga yo'l qo'yildi. Menimcha, birinchi gol ofsayddan urildi. Yana qarab chiqish kerak, menga shunday ko'rindi. Ikkinchi golda markaziy himoyachi xato o'ynadi. Bular har o'yinda sodir bo'lishi mumkin bo'lgan individual xatolar.

Selim Nurmuradov bo'yicha so'ramoqchi edim. Uni zaxiradan maydonga tushirib, keyinchalik yana zaxiraga oldingiz.

CHunki u unchalik yaxshi ko'rinmadi, men o'yinni kuchaytiradi deb o'ylagandim. U ikki marta birga-bir holatga chiqdi, ammo pas bermadi. Umuman olganda, Nurmuradov o'yinga kirishib keta olmadi.

Sizningcha, bugungi o'yinning eng yaxshi futbolchisi kim bo'ldi?

"Lokomotiv" darvozaboni deb o'ylayman. U to'g'ri va faol o'ynadi, "Loko" futbolchilariga muhim ko'rsatmalarni berib turdi, jamoasini ham qutqardi.

Vladislav Nuriev juda kuchsiz o'ynayapti. U "Bunyodkor" darajasida deb o'ylaysizmi?

U kam maydonga tushadi, 10-15 daqiqaga. U o'yinga tushib, penalti ishlagan holatlar bo'lgan. Lekin unda gol urish qobiliyati bor. Hujumchining vazifasi gol urish, biroq unga berilayotgan vaqt kam.

Xurshid G'iyosov nega juda erta almashtirildi? Jarohati bormidi?

Yo'q, unda jarohat yo'q edi. U kurashlarda ko'p engildi, qizil kartochkaga yaqin keluvchi harakatlarni amalga oshira boshladi, shu sabablar tufayli almashtirdik.  

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика