So’nggi yangiliklar

08:56Слот кечаги ғалабдан сўнг нималар деди?  3 08:28Превью. "Навбаҳор" биринчи даврадаги мағлубият учун "Нефтчи"дан реванч оладими?  5 07:57Суперлига. Бугун бизни ажойиб ўйинлар кутиб турибди  2 07:30Расман. "Ал Насср" яна бир юлдузни ўз сафига қўшиб олди  4 07:05Суперлига. "Пахтакор" "Сўғдиёна" жамоасини ишончли ҳисобда мағлуб этди, Алижонов эса шедевр гол урди  0 02:50Иброҳим Ибрагимов: "Сўғдиёна"нинг нозик томонларини ўрганиб чиққандик"  3 02:15Францияда ҳам чемпионат старт олди  0 01:57АПЛ старт олди: "Ливерпуль" мавсумни қийин ғалаба билан бошлади  31 01:33Башар Ресан: "Бу ғалабали йўлни "Андижон"га қарши ўйинда ҳам давом эттирмоқчимиз"  4 01:20"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Ноттингем"га ўтиши мумкин  0 01:00"Ал Ҳилол" қачон Қаршига келади? "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги тақвими маълум  7 00:49Уго Экитике - АПЛнинг 2025/26 йилги мавсуми илк голи муаллифи!  1 00:32"Байер" Эрик тен Хаг қўл остидаги илк расмий ўйинида йирик ғалаба қайд этди  2 00:06ЛаЛига қайтди! Илк ўйинда Мадрид жамоаси Каталонияда ғалабага эришди  2 23:57Жованни Леони дунёнинг энг яхши ҳимоячиси кимлигини айтди  1

Vadim Abramov: “Hamma ham penalti tepishni istamaydi” Yangiliklar

Vadim Abramov: “Hamma ham penalti tepishni istamaydi”

“Neftchi” – “SHo'rtan” (1:1) uchrashuvidan keyin farg'onaliklar ustozi Vadim ABRAMOV uchrashuv haqidagi mulohazalari bilan o'rtoqlashdi.

– Negadir yigitlar uy o'yinlarida o'zlarini ijobiy ko'rsata olishmayapti. Afsuski, bugun kutgan natijamizga erisha olmadik. Fikrimcha, futbolchilar maxalliy muxlislar oldida masulyatni o'ta chuqur his etib, erkin harakat qila olmayaptilar. Xavfli vaziyatlar kam sodir etdik. Natija ham shunga yarasha bo'ldi.

– Muzaffar Muzaffarov penaltini aniq amalga oshira olmadi. O'sha vaziyatda unga nima etishmadi deb o'ylaysiz? Umuman vaziyatga qanday baho berasiz ?

O'yin vaqtida penaltini hamma futbolchi ham tepishga jurat eta olmaydi. Muzaffar yosh bo'lishiga qaramay ko'p hollarda penalti tepishdek masulyatli vazifani o'z bo'yniga oladi. Biroq bugun uning omadi kelmadi. Bunday hol hammada ham bo'ladi. Bu futbol.

– Vadim Karlenovich, nega birinchi bo'limdan so'ng Mansur Saidovni zahiraga oldingiz?

– Birinchi bo'limda maydon markazida bo'shliq yuzaga keldi. Yani Saidovning o'yini qovushmadi va bahsni kuchaytira olmadi. SHu sababli uni zahiraga oldim. Balki uning yoshi ham  o'z so'zini aytayotgandir.

– Penaltini yarim himoyachi tepdi. Bu vazifa ko'proq hujumchiga tegishli emasmi ? Ayniqsa Mo'ydin Mamazulumov katta shijoat bilan turgandi.

– Yana takrorlab aytaman, penalti vaqtida hamma ham vazifani bo'yniga olmaydi. Balki muammo ham shundadir.

– Himoya chizig'ida muammolar ko'zga tashlanyapti. Negadir himoyachilar bir-birini yaxshi tushunmagandek tasavvur uyg'otdi?

– Bu fikrga to'liq qo'shilmayman. Jamoa tarkibi yangi. SHu sababli o'yin borasida kamchiliklar mavjud. O'yindan-o'yinga jamoa kuchayib boradi.

– “SHo'rtan” haqida nima deysiz?

– Xar bir jamoa raqibga qarab taktika tuzadi. Bugun biz g'uzorliklarni qarshi hujumga o'tishiga imkon bermasligimiz kerak edi. Lekin bunday bo'lmadi. To'p uzatishdagi ko'plab xatolar o'yin tizginiga salbiy tasir o'tkazdi.

“Neftchi” matbuot xizmati.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика