So’nggi yangiliklar

07:40Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" — "Машъал" 3:1  0 07:32Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита ярим финалчи аниқланади  0 02:06Биринчи лига. "Пахтакор-Фарм"дан 9:1, "ТерДУ"дан 8:1, пойтахт дербисида дуранг ва бошқа натижалар  0 02:05ЕЧЛ. "Буде Глимт" ва Кипр клуби лига босқичига йўлланмани қўлга киритди  0 01:56U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор" йирик ҳисобда ютқазди, Андижонда голлар шоуси ва бошқа натижалар  0 01:01Камолиддин Тожиев: "Пахтакор ўз олдига доим олий мақсадни қўяди. Кубок ва Суперлигада охиргача курашамиз"  5 00:29Тарих яратилди! "Қайрат" пенальтилар сериясида "Селтик"ни мағлубиятга учратиб ЕЧЛ лига босқичига йўл олди!  38 00:14Отабек Нарзуллаев: "Мақсадимиз кубок финали эди. Энди бор эътиборимиз Суперлигага қаратилади"  2 23:55"Ювентус" Влаховични Салемакерсга алмаштирмоқчи. "Милан" ушбу келишувга рози бўлиши мумкин  3 23:35МЮ Майнунинг келажаги бўйича қарорни яқин икки кун ичида қабул қилади  1 22:35Ўзбекистон Кубоги. 100 дақиқа давом этган учрашувда "Пахтакор" "Машъал"ни енгиб, ярим финалга йўл олди  54 22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  1 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   1

Vadim Abramov: "7 yil ichida futbol ham, terma jamoa futbolchilari ham, men ham o'zgardim" Yangiliklar

Vadim Abramov: "7 yil ichida futbol ham, terma jamoa futbolchilari ham, men ham o'zgardim"

Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi 2 oktyabr sanasidan boshlab Toshkentda yig'in o'tkazmoqda.

Ushbu yig'in doirasida milliy jamoamiz Jahon chempionati-2022 saralashi 2-bosqichidan o'rin olgan Yaman hamda Singapur termalariga qarshi uchrashuvlarga hozirlik olib bormoqda.

O'zbekiston milliy terma jamoasini endilikda tajribali mutaxassis Vadim Abramov boshqarmoqda. Milliy jamoamiz boshqaruviga ikkinchi marta kelgan mutaxassis o'tkazilayotgan ushbu yig'in, oldindagi o'yinlar haqida O'FA rasmiy saytiga gapirib berdi:

- Milliy terma jamoani boshqarish, unga ustozlik qilish juda masuliyatli vazifa. SHu boisdan ilk kundanoq jiddiy ish jarayonini boshlab yuborganmiz. Men 7 yil oldin O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lgan edim. O'shandan buyon oradan ancha vaqt o'tdi. Bu orada futbol ham, terma jamoaga azo o'yinchilar ham, xatto men ham o'zgardim.

Saralash bosqichini afsuski, terma jamoamiz muvaffaqiyatli boshlay olmadi. Yigitlar ayni damda yuzaga kelgan vaziyatni juda yaxshi tushunib turishibdi. Barcha masuliyatni to'la his etmoqda. SHu sababdan mana oldimizda turgan yaqin 2 ta o'yinda vaziyatni yaxshi tomonga o'zgartirib, muhim g'alabalarni qo'lga kiritishga urinamiz. Zero musobaqa jadvalidagi o'rnimizni yaxshilash hamda Jahon chempionati saralashining keyingi bosqichiga yo'l olish imkoniyatini saqlab qolish uchun oldindagi uchrashuvlarda g'alaba qozonmasak bo'lmaydi, - dedi mutaxassis.

Reyting: +71   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика