“UzDongJu” yoshlari “Cementchi” yoshlaridan ustun keldi
06 iyu 2017 14:28
Yangiliklar
“UzDongJu” yoshlari “Cementchi” yoshlaridan ustun keldi
Kecha futbol bo'yicha oliy va birinchi liga jamoalarining futbol maktablari o'rtasida 2017 yilgi O'zbekiston birinchiligi vodiy mintaqasi “B” guruhidagi bahslarga start berildi.
Ushbu guruhda ishtirok etadigan Andijonning “UzDongJu” jamoasi Quvasoyning “Cementchi” klubini qabul qildi. SHo'rbuloq dahasidagi maktab-internati stadionida bo'lib o'tgan uchrashuvda dastlab 2003-2004 yillda tavallud topgan yosh futbolchilar bahs olib borishdi. Ushbu o'yinda “UzDongJu” jamoasi yoshlari 7:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
2001-2002 yillarda tug'ilgan futbolchilar o'rtasidagi o'yinda ham maydon egalari 5:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
2-tur bahslari 8-iyul kuni bo'lib o'tadi. SHu kuni “UzDongJu” yoshlari Xaqulobodda “Norin” jamoasi mehmoni bo'ladi.

“UzDongJu” FK matbuot kotibi SHerzodbek Mamadaliev tayyorladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди
Украиналик юлдуз ПСЖда россиялик дарвозабон билан мулоқот қилмаяпти
АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди
ОЧЛ-2. "Андижон"нинг гуруҳдаги рақиблари ҳамда мураббий ва футболчиларнинг қуръага муносабати
Fikrlar