So’nggi yangiliklar

23:50ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи" (матнли трансляция)  18 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 23:00ЕЧЛ. "Ньюкасл" - "Барселона" ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  6 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  14 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  5 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  4 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  2 19:52"Манчестер Юнайтед"да Аморим ўрнига янги номзод маълум бўлди  6 19:28Тимур Кападзе Хитой терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  61 19:05"Вест Хэм" Поттер ўрнига Лэмпардни тайинлаши мумкин. Ҳозирда мутахассис Чемпионшипнинг "Ковентри" клубида ишламоқда  0

Usmon Toshev: "Bugun 1-2 nafar asosiy tarkib futbolchimiz o'ynamadi" Yangiliklar

Usmon Toshev: "Bugun 1-2 nafar asosiy tarkib futbolchimiz o'ynamadi"

O'zbekiston va Tojikiston o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Usmon Toshev matbuot anjumanida qatnashdi.




"Birinchi o'rinda katta mehmondo'stlik bilan kutib olganingiz uchun rahmat! Ushbu uchrashuvning tashkiliy ishlari oson bo'lmadi. SHunga qaramasdan o'yinni o'tkazib oldik. Bizga kerakli bo'lgan uchrashuvni o'tkazdik. Futbolchilarning harakatlari yomon emas. Bu 6-7 oy ichidagi birinchi o'yinimiz hisoblanadi. Tempni ushlash biz uchun qiyinroq bo'ldi. Futbolchilarni maydonda o'zaro til topishishi va jamoaviy o'yinning ayrim vaziyatlarida ko'rindi",- deya gap boshladi Usmon Toshev.

- Bilamizki, Jaho chempionati saralash o'yinlari nomalum muddatga qoldirilgan. SHundan kelib chiqib tayyorgarlik jamoangiz uchun qanday bo'ladi? Saralash bahslari yanvar oyida markazlashgan holatda o'tkazilishi mumkin ekan...
- Albatta, istasak istamasak tasir qiladi. CHunki, orada katta uzulish bo'ldi. O'rtoqlik uchrashuvlari orqali futbolchilarni jismoniy holatini ushlashga harakat qilamiz. Lekin, qiyin bo'ladi. Boisi futbolchi o'ylagan narsasini jismoniy holati sustroq bo'lsa amalga oshira olmasligi mumkin. Rejamizdan oktyabr va noyabr oylarida o'rtoqlik uchrashuvi tashkillashtirish o'rin olgan. Boshqa ilojimiz yo'q.

- O'zbekiston terma jamoasida ekspremental tarkib o'ynadi. Siz jamoangizda qay darajada eksprementga qo'l urdingiz?
- O'zbekiston terma jamoasida juda ko'p futbolchilar bor. Tanlash imkoniyati keng. Asosiy jamoamiz shu, 1-2 nafar asosiy tarkib futbolchilari kela olmadi. SHuningdek asosiy darvozabonimiz o'ynamadi. Ekspremental tarkib yo'q edi. To'g'ri, bugun uchta bolamiz yangi edi. Lekin, o'yinda 50 foiz kuch bilan o'ynadi. CHunki, hayajon ham bor edi. Yig'ilgan futbolchilar asosiy tayyorgarlikni o'z klublarida o'tashdi.

- Tojikiston terma jamoasini guruhidagi principial raqibi Qirg'iziston. Ayni holatda ikkinchi o'rinni egallash imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- Bizda ikkinchi o'rinni egallash uchun muammo yo'q. Guruhidan chiqishda muammo bor deya olaman. Myanma bilan o'yinda yutqazgandik. Ikkinchi o'rinni olsangiz foydasi bo'lmasligi mumkin. To'rtta eng yaxshi ikkinchi o'rin egalari keyingi bosqichga chiqsa ochkolar etishmasligi mumkin.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика