So’nggi yangiliklar

11:53Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Тошкентда Озарбайжон билан ўртоқлик учрашуви ўтказади  0 11:20Каннаваро мураббий сифатида Ўзбекистонга ютқазган ўйинни ёдга оламиз  7 11:06Зидан Жазоир термаси учун ўйнаши мумкин  0 10:38"Кристал Пэлас" ўз рекордини ўрнатди  0 10:08"Шўртан" янги мураббий бошқаради  6 09:49Тожикистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  6 09:39Мадрид клублари МЮ хавбеки учун курашади  0 09:09Флик ваъда берди  9 08:41Франция термасининг октябрь ойи йиғини учун қайдномаси эълон қилинди  0 08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  4 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  9 07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  37 06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этди  3 01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  1

"Universiada-2016": Farg'ona terma jamoasi final bosqichida Yangiliklar

"Universiada-2016": Farg'ona terma jamoasi final bosqichida

Teglar :  UniversiadaFarg'ona
Avval xabar berib o'tganimizdek, “Universiada – 2016” futbol musobaqasiga start berildi. Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyat terma jamoalari mintaqalarga bo'lingan holda saralash bahslarida maydonga tushishdi.

Vodiy mintaqasida bo'lib o'tgan saralash bosqichida farg'onalik talabalar birinchi o'rinni olgan holda final yo'llanmasiga ega bo'lishdi.

O'yinlar Namangan shahrida bo'lib o'tdi. Bahrom Haydarov boshchilik qilgan Farg'ona terma jamoasi har ikki uchrashuvda g'alaba qozonishga erishdi. Avvaliga andijonlik talabalar 6:0 hisobida dog'da qoldirildi. Bu orada mezbonlar – Namangan terma jamoasi andijonlik talabalarni 8:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

So'nggi o'yin – Namangan – Farg'ona bahsida final bosqichi yo'llanmasi hal bo'lishi lozim edi. Maydon egalarini hatto durang natija ham qoniqtirardi. Lekin bu safar ham uchrashuvni kutarinki ruhda o'tkazgan Farg'ona terma jamoasi 3:1 hisobida raqibdan ustun keldi va final bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

Taniqli mutaxassis Bahrom Haydarov boshqargan Farg'ona terma jamoasi safida SHukurali Po'latov, Dilyor Ermatov, Iqbol Boboxonov, Sardor Mirzaev kabi mahortli futbolchilar to'p surishdi.  “Qo'qon-1912” jamoasining umidli o'yinchisi Iqbol Malikjonov ham Farg'ona viloyati terma jamoasi sharafini himoya qilganini takidlash joiz.
 

Universiada – 2016
Futbol. Saralash bosqichi
Vodiy mintaqasi
 
Farg'ona – Andijon – 6:0
Namangan – Andijon – 8:0
Namangan – Farg'ona – 1:3
 
Farg'ona        2   2   0   0   9-1     6
Namangan      2   1   0   1   9-3     3
Andijon       2   0   0   2   0-14   0
 

Abror Dehqonov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика