So’nggi yangiliklar

12:55Факт. "Навбаҳор" 8 йилдан сўнг дарвозасидан 4 та гол ўтказди  2 11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  2 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  3 10:50"Реал" футболчиси Лига 1 чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин  0 10:33Пролига. Бугун 13-тур якунланади  0 10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  5 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  3 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  7 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  5 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  16 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  5

Ummon terma jamoasi Toshkentga etib keldi Yangiliklar

Ummon terma jamoasi Toshkentga etib keldi

Ummon milliy terma jamoasi delegaciyasi O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazish uchun 25 may, yakshanba kuni Toshkentga etib keldi.
Jamoa Toshkentdagi Miran mehmonxonasiga joylashdi.

Ummon terma jamoasi delegaciyasi 35 kishidan iborat bo'lib, uning 23 nafarini futbolchilar tashkil qiladi. Qolgan 12 kishi esa franciyalik mutaxassis Pol Le Guen qo'l rahbarligidagi jamoa murabbiylar shtabini tashkil qiladi.

Eslatib o'tamiz, 27 va 29 may kunlari O'zbekiston milliy terma jamoasi Ummon termasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Birinchi o'yin Olmaliq shahridagi yangi qurib bitkazilgan OKMK sport majmuasi stadionida o'tkazilsa, ikkinchi o'yin Toshkentdagi Jar stadionida bo'lib o'tadi. Har ikkala o'yin 19:00da boshlanadi.

Quyida Ummon milliy terma jamoasining Toshkentga kelgan o'yinchilari ro'yxati keltirilgan:

Darvozabonlar: Ali al-Habsiy (Uigan, Angliya), Fayz al-Rushaidiy (Al-Suvaik, Ummon), Mazin al-Kasbiy (Fanja, Ummon);

Himoyachilar: Jobir al-Ovaysiy (Al-SHabab, Ummon), Ali Salim Nahar (Dxofar, Ummon), Abdulsalom Amir (Baniyas, BAA), Muhammad al-Musalamiy (Fanja, Ummon), Hasan Muzaffar (Dofar, Ummon), Sad Suhayd (Fanja, Ummon), Muhsin al-Xaldiy (Saham, Ummon);

Yarim himoyachilar: Ali al-Jabriy (Al-Nahda, Ummon), Iyd al-Forsiy (Al-Nahda, Ummon), Qosim Said (Al-Nasr, Ummon), Ahmad al-Mahaijriy (Fanja, Ummon), Juma al-Mashariy (Al-Oruba, Ummon), Raid Solih (Fanja, Ummon), Muhammad Salim al-Mashariy (Fanja, Ummon), Fahad al-Jalbubiy (Saham, Ummon), Muhammad al-SHeiba (Al-Nahda, Ummon), Husayn al-Xadriy (Riyoz, Saudiya Arabistoni);

Hujumchilar: Sami al-Hasniy (Sur SK, Ummon), Ahmad al-Xusniy (Al-Nasr, Saudiya Arabistoni), Yoqub Abdulkarim (Saham SK, Ummon).
 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика