So’nggi yangiliklar

20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:30Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" (матнли трансляция)  18 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  35 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  1 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  4 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  12 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  17 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0

Ummon chempionatida 3ta o'yinda 3ta gol urgan o'zbekistonlik hujumchi bilan suhbat Yangiliklar

Ummon chempionatida 3ta o'yinda 3ta gol urgan o'zbekistonlik hujumchi bilan suhbat

Xabaringiz bor, O'zbekistonlik hujumchi Pavel Purishkin Ummon chempionati ishtirokchisi "Oman FK" jamoasi safida harakat qilmoqda.

Saytimiz muxbiri legioner futbolchi bilan bog'lanib, intervyu tashkil etdi. Quyida mazkur intervyuning to'liq matni bilan tanishing.

- Salom Pavel! Yangi jamoaga moslashib oldingizmi?

- Salom, ha sekin moslashib borpyapman. CHempionat va muhit o'zgarganidan keyin baribir bir oz vaqt kerak bo'ladi.

- Ummon chempionati sizda qanday taasurot qoldirmoqda?

- Ummon chempionatida futbolchi 90 daqiqa tinimsiz yugurishingiz kerak ekan. Bu erda qaysi chiziq vakili bo'lishingizga qaramasdan, himoyaga ham, hujumga ham yordam berishingiz talab etiladi va bunga jismonan tayyor bo'lishingiz kerak.

- Nima deb o'ylaysiz, "Oman FK" chempionatda o'z o'rnini saqlab qolish vazifasini uddalaydimi?

- Ha albatta, hozirgi kunda jamoamiz oldida vazifa ligadagi o'rnimizni saqlab qolish hisoblanadi. Bunga butun jamoamiz vakillari bilan birgalikda harakat qilamiz.

- Ummon chempionatida ishtirok etayotganingizga ko'p bo'lgani yo'q. Aytingchi, bugungacha nechta o'yinda maydonga tushdingiz? Ko'rsatayotgan natijalaringiz qanday?

- Hozirgacha 3 ta o'yin o'tkazdim va raqiblar darvozasiga 3 ta gol urdim.


- Ummon chempionatida jamoadoshlaringizni tushunish, ular bilan muloqot qilish bo'yicha muammolar yuzaga kelmadimi?

- Yo'q, til borasida hech qanday muammo bo'lmadi. Men ingliz tilini bilaman, shu sababli jamoadoshlarim bilan muloqot bo'yicha to'siqlar bo'lmadi.

- Ummon chempionatida qancha muddat ishtirok etishni maqsad qilgansiz?

- "Oman FK" jamoasi bilan 2020 yil aprel oyigacha shartnomam bor. Futbol o'ynashni chin dildan istayman, hozirda Ummon chempionatida o'zimni yaxshi his qilayapman. Agar ular menga yangi shartnoma taklif qilishsa, albatta qabul qilaman.

- O'zbekistonlik futbol muxlislariga tilaklaringiz...

- O'zbek futboli to'g'ri yo'lda, o'ylaymanki Ravshan Ermatov futbolimizni yanada yuksaklarga olib chiqadi. Ummon davlatidan turib barcha o'zbekistonliklarga salom yo'llayman, men barchangizni yaxshi ko'raman!

Bekzod Tolibov yozib oldi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика