So’nggi yangiliklar

18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  0 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  2 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3

Umid Ahmadjonovdan Davlatimiz Rahbariga minnatdorchilik Yangiliklar

Umid Ahmadjonovdan Davlatimiz Rahbariga minnatdorchilik

Barchamiz uchun birdek qadrli bo'lgan yurtboshimiz SHavkat Miromonovich!

Bugun Sizga o'zbekistonlik millionlab futbol muxlislari, murabbiylar, federaciyamiz vakillari va albatta, Osiyo maydonlarida mardonavor to'p surgan terma jamoamiz azolari nomidan maktub bitayotganimizdan bag'oyatda baxtiyorman.

Sizning rahnamoligingizda O'zbekiston sporti, xususan futbolimiz oldinga kattagina qadam tashladi deb bemalol ayta olamiz! O'tgan yil yakunida yuz bergan o'zgarishlar ko'p o'tmay, o'zining mevasini bera boshladi va 23 yoshgacha bo'lgan yigitlarimizdan tashkil topgan jamoamiz Osiyo mamlakatlarini ortda qoldirib, qita chempionligini qo'lga kiritdi. Bunda Sizning farzandlaringiz, mamlakatning etuk o'g'lonlari futboli taraqqiy etgan Xitoy, Ummon, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi davlat termalarini mag'lub etib, dramatik ruhda kechgan o'yinda Vetnamni ham dog'da qoldirib, shohsupaning eng yuqorisidan joy olishdi.

Bir necha oy ilgari O'zbekiston yakkakurashlarda o'z o'rniga ega ekani haqida aytib, jamoaviy sport turlarida ham o'sishimiz, oldinga qadam tashlashimiz zarurligini kuyunib gapirgandingiz. Ishonamanki, Sizning bu so'zlaringiz o'zbekistonlik barcha sportchilarimizning ongiga muhrlanib, ularning yuraklariga qadar etib borgan. Biz buni futbolchilarimiz misolida ko'rib turibmiz.

Sizning rahbarligingiz, tashabbusingiz va albatta g'amxo'rligingiz ostida mehnat qilish barchamiz uchun birdek sharafli. Umid qilamizki, yangi yildagi debyut g'alabamiz qolgan futbolchilar ruhiyatiga ham ijobiy tasir ko'rsatib, biz kelajakda ulkan g'alabalarni hali ko'p nishonlaymiz. Barchasi uchun katta rahmat!

Hurmat bilan, Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov.

Reyting: +195   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика