So’nggi yangiliklar

18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  0 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  2 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3

Umid Ahmadjonov O'zbekiston U-23 terma jamoasiga tabrik yo'lladi Yangiliklar

Umid Ahmadjonov O'zbekiston U-23 terma jamoasiga tabrik yo'lladi

Bir necha kun ilgari barchamizning umidimiz bo'lib Xitoyga jo'nab ketgan va endi xalq qahramonlari sifatida ortda qaytayotgan futbolchilarimiz - biz sizlar bilan faxrlanamiz!

Bir daqiqa bo'lsin tinim bilmagan murabbiylarimiz, katta futbolga dadil kirib kelgan futbolchi ukalarim va albatta, delegaciyamiz safida Xitoyga jo'nab ketgan har bir vakilimizga millionlab muxlislarimiz nomidan tashakkur izhor qilaman. Sizlar nafaqat qitaning ayni vaqtdagi eng kuchli jamoasi ekanligingizni ko'rsatdingiz, balki butun Osiyoga kim aslida kim ekanini ham namoyon eta oldingiz. Bu bilan esa butun O'zbekiston xalqiga bayram kayfiyati ulashdingiz. Ushbu tarixiy g'alabangiz bilan Prezidentimizning quvonchli tabassumlariga sababchi bo'lishdek baxtga muyassar bo'ldingiz.

Safarga ketishingiz oldidan siz bosib o'tadigan mashaqqatli yo'l futbolga oshno tutingan odamlarimiz yuzlaridagi tabassum va dillaridagi cheksiz quvonchga sabab bo'lishi, mana shu oniy fursatdagi baxtiyorlik uchun esa yillar davomida mehnat qilish arzirli bo'lishi haqida gaplashgandik. Endi baralla ayta olamizki, siz bu missiyani sharaf bilan uddalay oldingiz.

Sizni safarga jo'natgan har bir vatandoshimiz, uyda intiq kutayotgan ota-onangiz, aka-uka-yu opa-singillaringiz endi barchalaringiz bilan g'ururlanib yurishadi. Sizning bu muvaffaqiyatingiz o'zbek futboli tarixiga oltin harflar bilan yoziladi. Ayniqsa, “qor jangi”dek ko'ringan final uchrashuvi tillarda doston bo'ladiki, biz bu o'yinni yillar davomida eslab yuramiz va har bir yodga olgan lahzalarimizda o'zimizni baxtiyor his qilamiz.

2018 yil mamlakatimiz sportida, xususan futbolda katta o'zgarishlar yili bo'ladi. Yurtboshimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoevdek suyanchimiz bor ekan, biz bunday g'alabalarga birgalikda hali ko'p erishamiz. Sizdan o'tinchimiz shuki, o'sishda, izlanishda va mehnat qilishda davom eting. Zero, mamlakat milliy terma jamoasini Jahon CHempionatiga ham aynan o'zingiz olib chiqasiz va millionlab o'zbekistonliklarga azaliy orzulari ro'yobini taqdim etasiz. Bugungi g'alaba shu yo'ldagi debocha bo'lib tarixga muhrlanadi.

Tarixiy g'alaba, tarixiy chempionlik muborak bo'lsin! Omad, zafar hamda etakchilik sizni aslo tark etmasin! Barakalla!

Umid Axmadjonov, MOQ prezidenti

Reyting: +119   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика