So’nggi yangiliklar

21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  0 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  1 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  7 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0

Umid Ahmadjonov o'zbek sporti yulduzlari hamrohligida imkoniyati cheklangan bolalar maktablariga tashrif buyurdi + FOTOGALEREYA Yangiliklar

Umid Ahmadjonov o'zbek sporti yulduzlari hamrohligida imkoniyati cheklangan bolalar maktablariga tashrif buyurdi + FOTOGALEREYA

Umid Ahmadjonov va sportchilarimiz turli tadbirlar o'tkazishda davom etishmoqda.

Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti, O'zbekiston Futbol Associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov bugun yurtimizdagi mashhur sportchilar, Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari sovrindorlari, Osiyo chempioni bo'lgan futbolchilar va murabbiylar bilan birgalikda poytaxtimizda joylashgan 100-ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda Ko'zi ojizlar maktab internatiga tashrif buyurdi.



Ushbu internatlarda tarbiyalanayotgan imkoniyati cheklangan bolalarga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg'alari — futbol to'plari, sport anjomlari va Faxriy yorliqlar topshirildi.

Umid Ahmadjonovning topshirig'iga ko'ra, endilikda yurtimizda bo'lib o'tadigan sport musobaqalari, futbol bo'yicha milliy chempionatimiz o'yinlariga mana shunday ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tarbiyalanayotgan bolalarni olib borish  yo'lga qo'yiladigan bo'ldi. Bu tashabbusni sportchilar hamda murabbiylar qo'llab-quvvatlashdi.


SHuningdek, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hisobidan maktab-internatlaridagi bolajonlarni Xalqaro musobaqalarga olib borish amaliyoti ham joriy etiladigan bo'ldi.

“Bugun Sizning huzuringizga yurtimizning mashhur sportchilari, yaqindagina Osiyo chempioni bo'lgan futbolchilar va murabbiylar bilar birga keldik. Nasib etsa, bunday tashriflarni yil davomida muntazam ravishda amalga oshirib boramiz. Sizlarga ham kelgusida mashhur sportchi bo'lib, yurtimiz sharafini xalqaro maydonlarda himoya qilib yurishingizni tilaymiz. Birgalikda yurtimiz sportini va futbolini yuqori pog'onalarga olib chiqamiz”, - dedi Umid Ahmadjonov.

Reyting: +65   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика