So’nggi yangiliklar

17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  1 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  5 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  7 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  13 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  4 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0 13:53Расман: Кожо Ўзбекистонга қайтди  5 13:53Аббос Ал Ҳасан: "Менимча, Ўзбекистон Япониядан кучлироқ"  3 13:26Жалолиддинов, Эркинов, Абдихолиқов — ортга қайтган легионерларни олдинда нима кутмоқда?  3 13:11"Барселона" ҳужумчиси бошқа клубга ўтди  1 12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  1 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0

Umid Ahmadjonov: "MTJga keladigan murabbiy o'z terma jamoasi bilan JCHga yo'l olgan, katta tajribaga ega murabbiy bo'ladi" Yangiliklar

Umid Ahmadjonov: "MTJga keladigan murabbiy o'z terma jamoasi bilan JCHga yo'l olgan, katta tajribaga ega murabbiy bo'ladi"

O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov O'zbekiston terma jamoasiga keladigan yangi murabbiy haqida gapirib o'tdi.

Milliy terma jamoamiz – futbolimiz yuzi. Ushbu terma jamoaning natijalariga qarab o'zbek futboliga Xalqaro futbol jamoatchiligi baho beradi. SHu sababli ham milliy terma jamoamizning kuchaytirish, yuqori saviyaga olib chiqish uchun ko'plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, terma jamoamizga munosib sparring raqiblar topish, kuchli terma jamoalar bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazish borasida ham muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanmoqda.

O'zbekiston milliy terma jamoasi 2018 yilning mart oyida Jahon chempionatiga yo'l olgan Marokash terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazish borasida kelishuvga erishdi. SHuningdek, may oyida yana bir JCH ishtirokchisi Eronga qarshi o'yin o'tkaziladi.

O'zbekiston milliy terma jamoasiga tez orada xorijdan kuchli murabbiy olib kelinadi. Bu murabbiy albatta o'z terma jamoasi bilan Jahon chempionatiga yo'l olgan, katta tajribaga ega murabbiy bo'ladi.

Ishonchimiz, komilki, bu amalga oshirilayotgan islohotlar tezda o'z samarasini berib, o'zbek futboli yana yuqori bosqichga chiqadi. Olimpiya va Milliy terma jamoalarimiz Tokio va Qatarda bo'ladigan Olimpiada va Jahon chempionatlariga yo'llanmalarni qo'lga kiritib, butun o'zbek xalqini xursand qilishadi, - deydi Umid Ahmadjonov O'FF matbuot xizmatiga. 


O'FF muzokara olib borayotgan mutaxassislar aniq: Bilich, Maccari, Van Marveyk...

Reyting: +64   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика