So’nggi yangiliklar

18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  0 18:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама (Матнли трансляция)  14 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  1 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3 17:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси стадионга етиб келди  1 16:57"Динамо" "Қизилқум" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 16:30Дешам Саудия Арабистонидан таклифлар олганини тасдиқлади  0 16:07Ямаль Испания терма жамоаси қайдномасидан чиқарилди  6 15:46"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?  23 15:34Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси ЖЧ йўлланмасини муддатидан олдин ҳал этди!  6 15:18Ўзбекистон U-19 чемпионати — Осиёда йилнинг энг яхши ёшлар лигаси  1 14:4924 ёшли дарвозабон, амалдаги чемпионни ютган мураббий, термага чақирилмайдиган вингер, турни безаб берувчи голни урган хавбек — Суперлигада 28-турнинг энг яхшилари  1 14:27Исақов, Папава, Плетнёв, Умар, Дориев... Суперлига 28-тур рамзий терма жамоаси  0 14:01Гвардиола: "Силва — мен учратган энг ақлли футболчилардан бири"  0 13:29Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин  31

Umar Adhamzoda: "Navbahor" bilan o'yinda "Neftchi" g'alabaga haqli edi" Yangiliklar

Umar Adhamzoda: "Navbahor" bilan o'yinda "Neftchi" g'alabaga haqli edi"

Superliga 13-turning markaziy to'qnashuvi shubhasiz Farg'onada "Neftchi" - "Navbahor" o'rtasida kechdi.

 "Navbahor" tarkibida Oston O'runov, Jamshid Iskanderov kabi ijrochilar bo'lishiga qaramay maydon egalari imkoniyat qoldirishgani yo'q. Ayniqsa Umar Adhamzoda Oston O'runovning erkin harakat qilishiga yo'l qo'ymadi va yakunda u saytimiz tomonidan tur ramziy terma jamoasiga loyiq ko'rildi. 

Neftchi

Superliga. 13-tur

25/06/2023, 20:00

0
:
0
Tugadi

Navbahor

45'
90'
46'  Mirzohid G’ofurov (Abbos G'ulomov)
77'  Lutfulla To’rayev (Ulug'bek Hoshimov)
90'  Anvar G’ofurov
65'  Oston O'runov (ZHasur YAxshiboev)
66'  Davron Hoshimov
73'  Luka CHermel (Milosh Milovich)
73'  Abror Ismoilov (Asadbek Sobirzhonov)
84'  Temurxo’ja Abduxoliqov (Shohruz Norxonov)
85'  ZHasur YAxshiboev

- "Navbahor" bilan uchrashuv haqida?

- Vodiy derbisi o'z nomiga yarasha o'tdi, deya olaman. Jamoalar, muxlislar zerikib qolishmadi. Vaziyatlarga boy o'tdi. Kurash ham etarlicha edi. Fikrimcha, "Neftchi" g'alabaga haqli o'yin ko'rsatdi. 

-  SHu kuni Oston O'runovga hech qanday imkoniyat qoldirmadingiz. Bu personal o'ynash topshirig'imi yoki Oston O'runovni shaxsan o'zingiz ham o'rgandingizmi?

- Personal o'ynadim demagan bo'lardim. Har bir futbolchi o'z poziciyasidagi futbolchilarni tahlil qilib chiqadi, kuchli va kuchsiz tomonlarini o'rganadi. Xuddi shunday men ham. Oston O'runovning harakatlarini ko'rib chiqqandim. 

- "Neftchi"da duranglar ko'p bo'lyapti. 1 ochko jamoani qoniqtiryaptimi?

- To'g'ri durang ko'p o'ynamoqdamiz. Lekin mag'lubiyatga uchragandan ko'ra 1 ochko yaxshiroq.  

- O'tgan yili "Neftchi" "Nasaf"ni chempionlik poygasidan chiqarib yuborgandi. Bu safar nima kutish mumkin?

- Qarshida ajoyib g'alabaga erishgandik. Birinchi davrani mag'lubiyatsiz yakunlashimiz uchun "Nasaf"ni yutishimiz shart. Tanaffusga g'alaba kayfiyatida chiqib ketishni istaymiz. O'ylaymanki, muxlislarni xursand qila olamiz.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика