So’nggi yangiliklar

15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  6 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  0 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  11 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  3 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  5 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  13 11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  3 10:55"Ливерпуль" ёзда Салоҳнинг ўрнига бошқа бир мисрлик футболчи билан шартнома тузмоқчи  1 10:26"Манчестер Сити"нинг "устуни" ёзда жамоани тарк этади  0 09:52Ислом Маматказин: “Ўйинни ўзида ютиб кетишимизга ишонгандик. Қандайдир ўзгача руҳият бор эди”  10 09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  5 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1

Ulug'bek Baqoev: "Kim ko'p xato qilsa, o'sha mag'lub bo'ladi" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Kim ko'p xato qilsa, o'sha mag'lub bo'ladi"

O'zbekiston Superligasi 11-turi doirasida "Lokomotiv" - "Buxoro" (3:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Ulug'bek Baqoev hamda jamoaning uchrashuvdagi eng yaxshi futbolchisi Arslonmurod Amanov qatnashdi.

- O'yin 4 qismdan iborat bo'ldi. O'yinni yaxshi boshlagandik. Keyinchalik mahorat o'z so'zini aytdi. Ikkinchi bo'limda ham shunday bo'ldi. Taymni yaxshi boshladik, tashabbusga erishib turgan vaqtimizda gol o'tkazib yubordik. "Lokomotiv" yaxshi jamoa. Ularga omad tilayman.

Har bir uchrashuv, har bir tur qiziq o'tmoqda. Natijalarni oldindan taxmin qilib bo'lmayapti. Futbolchilar va jamoalarning saviyasi bir biriga mutanosib. Tahlil qiladigan bo'lsak, barcha uchrashuvlar og'ir o'tmoqda. Superliganing qiziqarli o'tayotgani menga yoqmoqda.

Marko Klisuro jarohat olgandi. Ancha muddat u tarkibdan o'rin olmagani bois, o'z jismoniy holatini yo'qotib qo'ydi. Uning oldingi holatiga qaytishini kutyapmiz.

Futbolda barcha xato qiladi. Kim ko'proq xato qilsa, o'sha mag'lub bo'ladi. Mag'lubiyatda faqatgina darvozabonni ayblab bo'lmaydi. Barcha yutqazadi, kimnidir ayblash shart emas.

Ko'p gol o'tkazib yuboryapmiz. Gollarning orasidagi faktorlar ham bunga sababchi. Kimningdir ruhi tushib ketadi yoki kichik mayda detallar ham asosiy omil bo'ladi. Biroq asosiysi - ruhiy holat", - dedi Baqoev.

A. Amonov: "Ilk navbatda raqibni tabriklayman. Statistika bo'yicha biz juda ko'p vaziyatlarga ega bo'ldik. Biroq faqatgina bir bora gol urdik".

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика