So’nggi yangiliklar

03:18ЖЧ U-17. Турнир тарихидаги энг йирик ҳисоб қайд этилди  0 03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  37 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  4 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  62 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  11 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  10 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  28

Ulug'bek Baqoev: "Bugun 2 ochko yo'qotdik" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Bugun 2 ochko yo'qotdik"

Superliganing 4-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" – "Olimpik" (1:1) o'yinidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- O'yin haqida

- Qiziqarli o'yin guvohiga aylandik. Birinchi taymda bir nechta qulay vaziyatlarga ega bo'ldik, biroq ulardan samara chiqmadi. Gol urdik, ammo u ofsayd tufayli bekor qilindi. Ofsayd bormidi yoki yo'q, hozircha aniq aytolmayman, ko'rib chiqish lozim. Bir kishi kam bo'lib qoldik va undan keyin gol o'tkazib yubordik. Yakunda durang qayd etdik, yutib ketishimiz ham mumkin edi. Yigitlarga faollik uchun rahmat aytaman. Ko'plab vaziyatlar bo'yicha hakamlar chiqargan qarorlardan noroziman. Balki bu komissiya tomonidan ko'rib chiqilar. Bugun 2 ochko yo'qotdik.

- Hakamlar haqida nima deya olasiz? Ularga bir necha bor etiroz bildirdingiz...

- Bu futbolda uchraydigan holat. Birinchi Sardor Qulmatov bilan ro'y bergan holat bo'yicha etiroz bildirdim. Hakam unga sariq kartochka ko'rsatdi. Menimcha, bu xato edi. Ikkinchi etirozim penalti bilan bog'liq edi. Bahsli holatda nega VARga murojaat qilinmadi, hayronman.  

- Jasur Hasanov xususida nima deya olasiz?

- U haqiqiy professional. O'ylashimcha, jamoamizdagi eng yaxshi jismoniy holatga ega futbolchilardan biri. 

- "So'g'diyona" gol urishda qiyinchilikka uchramoqda. 4 turda atigi 4 gol urdi. Statistikaga murojaat qiladigan bo'lsak, bugungi o'yinda qariyb  80% zarba noaniq ko'rinish oldi. Bunga qanday munosabat bildirasiz?

- Siz o'yinni tomosha qildingizmi? Gol urdik, ko'rdingizmi? Yana 4-5 ta vaziyatga ega bo'ldik. Bu – futbol.  Nimadir o'xshaydi, nimadir o'xshamaydi. Biz har doim gol urishni xohlaymiz, ammo har doim ham unday bo'lavermaydi.

- "So'g'diyona" raqibdan kelib chiqib tayyorgarlik ko'rganmidi yoki odatiy tarzda mashg'ulot olib borganmidi?

- "Olimpik" – tartibli jamoa. O'yini menga yoqadi. Ular yaxshi futbolchilar, murabbiylarga ega. Hammada o'z uslubi bor. Albatta, "Olimpik"ning kuchli va ojiz taraflarini bilardik. SHunga yarasha tayyorgarlik olib borgandik.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика