So’nggi yangiliklar

13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  0 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  4 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  1 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  1 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  3 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  2 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  20 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  3 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  2 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  5 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5

Ulug'bek Baqoev: "Bizning o'z falsafa va o'yinimiz bor. O'ylaymanki, to'g'ri yo'ldamiz" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Bizning o'z falsafa va o'yinimiz bor. O'ylaymanki, to'g'ri yo'ldamiz"

OFK kubogi 3-turdan o'rin olgan "Oltin Asr"ga qarshi uchrashuvdan oldin matbuot anjumanida "So'g'diyona" bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev va futbolchi Javohir Qahramonov ishtirok etdi.

"Ertaga qiyin o'yin bo'lishi tabiiy. Raqib yaxshi shakllangan. To'pni va o'yinni nazorat qiladi, jismoniy tomondan ham futbolchilari yomon ko'rinmadi. G'alaba uchun harakat qilamiz. Har 3 kunda o'yin o'tkazyapmiz. SHuning uchun futbolchilarda bu borada kichik kamchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Futbolchilarda xohish va ishtiyoq kuchli. Xudo xohlasa keyingi bosqichga chiqamiz.  ",- deydi Ulug'bek Baqoev.

"Oltin Asr"ning 2ta o'yinini ko'rib chiqdik. O'yinga yuz foiz tayyormiz. Ertaga faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz",- deydi Javohir Qahramonov.

- Jamoa bu musobaqada ilk bor ishtirok etmoqda.  Muxlislarning "So'g'diyona"ning o'yini haqidagi fikrlari bevosita yuqoridagi omilga bog'liqmi?

- Har bir muxlisning o'z qarashi bor. Muxlislarga hujumkor futbol yoqadi. Kimgadir yoqamiz yoki yoqmaymiz. Bizning o'z falsafamiz, o'yinimiz bor. O'ylaymanki, to'g'ri yo'ldamiz. Bu yil hisobidan uchinchi turnirda qatnashyapmiz. Har bir o'yinga ruhiy, jismoniy tomondan tayyor bo'lib borish kerak. SHundagina g'alaba qozonish mumkin. 

- Imkoniyatlarni qanday baholaysiz? Jamoani durang ham qoniqtiradi...

- Biz o'z o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. Faqat g'alaba uchun o'ynaymiz. Ertaga ikki jamoada ham imkoniyat bo'ladi. 


-  CSKA bilan o'yinda futbolchilar gol o'tkazib yuborishdan qo'rqib ko'proq himoyada o'ynashdi. Ertaga ham bu narsa takrorlanmaydimi?

- O'yinga tayyorlanish uchun oldinda vaqtimiz bor. Nazariy mashg'ulotlarda barchasi aytiladi. Yigitlar maydonda nima uchun o'ynayotganini bilishlari kerak. Umid qilamanki, ular borlarini berishadi.

- Javohir Qahramonovga savol. CSKA O'zbekiston chempionatida nechinchi o'rinni egallagan bo'lardi?

- Yaxshi jamoa ekanligi ko'rinib turibdi. To'pni yaxshi nazorat qilar ekan. Fikrimcha, CSKA O'zbekiston chempionatida o'rta o'rinlarni egallagan bo'lardi.

- Jamoa ikkita uchrashuvni suniy maydonda o'tkazdi. Futbolchilaringiz bunga moslashib oldimi?

- Har bir narsani o'ziga yarasha qiyinchiligi bor. Ob-havo, to'pni yaxshi harakatlanmasligi qo'shimcha kuch talab qiladi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика