So’nggi yangiliklar

20:15БАА. "Бани Яс" - "Ал Наср" баҳси асосий таркиблари маълум қилинди  1 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0 19:33Украина чемпионатининг 2017 йилдаги энг яхши мураббийи "Нефтчи" U-21 жамоасида иш бошлади  2 19:05"Барселона" йилнинг илк трансферини келишиб олди  0 18:38Озарбайжон клуби Умарали Раҳмоналиевни сотиб олмоқда  1 18:17"Милан" таркибни немис ҳужумчиси билан кучайтирди  0 17:59Андалусияга қайтиш: Рамос "Севилья" акциядори бўлиши мумкин  0 17:35Даврон Ҳошимов: "Каттақўрғон" бир мавсумлик жамоа эмас. Про лига ўтган йилгидан қизиқарлироқ бўлади"  6 17:08Туанзебе, Балеба, Амад, Маҳрез... Африка Миллатлари Кубоги гуруҳ босқичи рамзий жамоаси  0 16:42"Леганес" аъзоси Лазизбек Мирзаев Ўзбекистонга қайтмоқда  10 16:20Қосимов Ироқ чемпионати 9-турининг рамзий жамоасидан жой олди  1 15:58Станислав Андреев бутсаларини михга илди  11 15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  3 15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  3 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  15

Ulug'bek Baqoev: "Adolat bilan qaraganda o'yin durangga mos tarzda o'tdi" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Adolat bilan qaraganda o'yin durangga mos tarzda o'tdi"

Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Navbahor" – "So'g'diyona" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev fikrlarini bildirib o'tdi.

"Navbahor"ning oldiga qo'ygan maqsadi, tarkibdagi futbolchilarning nomlari barchaga malum. Ular shunga yarasha har o'yinda borlarini berishadi. Birinchi o'rinda ikki jamoaga ham o'yin uchun rahmat aytaman. O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, gol urdik. Javob goli uzoq kuttirmadi. Ikkinchi bo'limda mezbonlar ko'proq hujum qilishi kutilgandi. CHunki uyda o'ynamoqda. Rejamiz qarshi hujumda o'ynash edi. Umuman olganda, ikki jamoada ham hech narsa o'xshamadi. Balki durang bugungi o'yin uchun adolatdan bo'lardi. So'nggi daqiqada futbolchimiz gol urib, g'alaba keltirdi. "Navbahor"ga keyingi o'yinlarda omad tilayman", – dedi Baqoev.

- "So'g'diyona" yaqinda xalqaro maydonda ishtirok etadi. Jamoa natijaga asoslangan o'yin tashkil qiladi. Bu haqida fikringiz qanday?

- Bugun maydonda kurash bo'ldi. Murabbiyning vazifasi har bir o'yinda natija ko'rsatish. Jamoa natija uchun o'ynaydi. Biz ikkinchi raqam ostida o'ynadik. CHunki "Navbahor" kuchli jamoa. Top-futbolchilarga ega. Xalqaro maydonda Jizzax emas, butun O'zbekiston nomidan qatnashamiz. Agarda "Navbahor" ham OCHL yoki OFK kubogiga chiqsa, biz ham muxlislik qilamiz. Bu erda bitta jamoa emas, butun yurt shani turibdi. O'yin tugaydi. Do'stona munosabatlar yo'qolmasligi kerak. Futbolda natija bo'lishi uchun borimizni beramiz.

- Oldimizga bosqichma-bosqich rivojlanishni maqsad qo'yganmiz. Maksimal natija uchun harakat qilamiz. Mavsum yakunida samarasini ko'ramiz. Agarda o'yin durang bilan tugaganda bunga rozi bo'lar edik. CHunki safarda o'ynayapmiz. Mening shaxsiy fikrim shunday.

- Murabbiy sifatida "Navbahor"ning kuchsiz chiziqlari haqida nima deya olasiz?

- Teng va kurashlarga boy o'yin bo'ldi. Kuchsiz chiziqlar haqida gapirmayman. O'z vaqtida "Navbahor"da o'ynaganman, faoliyatimni Namanganda yakunlaganman. SHu bois yomon fikr bildirmagan bo'lardim.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика