So’nggi yangiliklar

11:22"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  0 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  3 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  8 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  3 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  1 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  10 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  4

Ulug'bek Baqoev: "Abdumannopov ketishni xohladi, Norxonovda kichik jarohat bor" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Abdumannopov ketishni xohladi, Norxonovda kichik jarohat bor"

Superliganing 14-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Bunyodkor" (2:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Ulug'bek Baqoev o'z fikrlarini bildirdi.

"Muxlislarni ikkinchi davra boshlangani bilan tabriklayman. Birinchi davraning oxirgi turidagi 0:3 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin ruhiy tomonlama bugun g'alaba juda muhim edi. Nimadir o'xshadi, nimadir o'xshamadi. Muhimi uch ochkoni qo'lga kiritish edi. Muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman va oldinga intilishda davom etamiz", - dedi Ulug'bek Baqoev.

- Ko'pchilik Doniyor Abdumannopovning "Navbahor"ga o'tishi haqida so'ramoqda?

- U bilan suhbatlashdik va klubni almashtirishni xohladi. Jamoamizga bergan yordami uchun rahmat aytamiz va yangi klubida omad tilaymiz. Transferlar futbolning bir qismi, shu bois bu erda hech qanday sirli narsa yo'q.

- Bugun SHohruz Norxonov nega tushmadi?

- O'tgan kuni mashg'ulotda oyog'ini biroz shikastlab oldi. SHu bois bugun maydonga tusha olmadi, unga tezroq sog'ayib maydonga qaytishini tilayman.

- Oldinda ikkita muhim o'yin kutib turibdi.

- "Paxtakor" amaldagi O'zbekiston chempioni. SHu bois raqib kuchli va ularni hurmat qilamiz. Nafaqat "Paxtakor"ni balki barcha klubni hurmat qilamiz.






Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика