So’nggi yangiliklar

16:42Расман: "Нефтчи" Ғиёсов, Пўлатов ва Соҳибжоновни ўз сафига қўшиб олди  7 16:16"Ноттингем Форест" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  7 15:26Расман: Ўтган мавсум "Динамо"да ўйнаган Ратиньо "Нефтчи"га ўтди  8 14:38Винисиус шартномани узайтирмаса, "Реал" Витиньяни сотиб олиши мумкин. Бразилиялик футболчи учун 100 млн евро талаб қилинади, пул эса ПСЖ хавбекига сарфланади  2 14:15"Манчестер Юнайтед" 45 ой (!) ўтиб ғалаба қозонди...  2 13:47"Манчестер Юнайтед" А Сериядаги ярим ҳимоячи билан шартнома имзолаши мумкин  1 13:11Левандовски "Барселона" билан шартнома ҳақида: "Ҳали қарор қабул қилиш учун вақтим бор. Қаерда ўйнашни ва қайси йўналишда ҳаракат қилишни билмайман, лекин босим йўқ"  0 12:25"Реал" Зиданни қайтармоқчи  6 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: АПЛда "Boxing day" даваом этади ва бошқалар  0 11:41Расман: Фежсал Мулич — “Сўғдиёна” футболчиси  14 11:23"Ливерпуль” собиқ футболчиси "Манчестер Юнайтед"га Стерлингни сотиб олишни таклиф қилди  4 10:53Роберт Левандовски футболдаги сўнгги йилларида нималарга эришишни истаётганини айтди  0 10:24АПЛнинг айни вақтдаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди  3 09:55"Насаф"нинг икки футболчиси янги мавсумни "Локомотив"да ўтказади  4 09:26"Андижон" жамоаси футболчиси "Нефтчи"га ўтади  6

Ulug'bek Bakaev: "Ikkinchi yarim final va penaltilar seriyasidagi ikkinchi mag'lubiyat. Bu juda og'riqli" Yangiliklar

Ulug'bek Bakaev: "Ikkinchi yarim final va penaltilar seriyasidagi ikkinchi mag'lubiyat. Bu juda og'riqli"

O'zbekiston Coca Cola kubogi yarim final bosqichidan o'rin olgan "Navbahor" – "So'g'diyona" 0:0 (3:1 penaltilar seriyasida) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

- O'yin yaxshi bo'ldi. Muxlislarni alohida takidlash lozim. Umuman bugun futbol atmosferasini his qildik. "Navbahor" o'yinni agressiv boshladi. Beshta o'yinchimiz jarohat, kartochka va boshqa sabablar bilan o'yinni o'tkazib yuborishdi. Bu esa ishimizni qiyinlashtirdi. Ammo yigitlarimga katta rahmat deb qolaman. Men uchun ular qahramon, ular bugun g'oliblar. O'n kishi bo'lib bunday atmosferada "Navbahor"dek kuchli jamoaga qarshi o'ynash bu albatta juda katta ish. Kamchilik bo'lib qolganimiz sabab ham "Navbahor" ustunlik qildi. Bizda ham vaziyatlar bo'ldi, oxirida durang qayd etdik. Ikkinchi yarim final va penaltilar seriyasidagi ikkinchi mag'lubiyat. Bu juda og'riqli. Albatta, bu futbol. Hayot davom etadi. Bu o'yin tarixga aylandi. "Navbahor"ni tabriklayman va finalda omad tilab qolaman.

- Ajoyib o'yin uchun rahmat Ulug'bek aka. "So'g'diyona" ikkinchi marta yarim final o'yinida penaltilar seriyasida mag'lubiyatga uchramoqda. OFK kubogida ham shu kabi holat yuz berdi. Bunga sabab nima deb o'ylaysiz? Bu charchoq yoki psixologik holat bilan bog'liqmi?

- Katta ehtimol bilan psixologik nuqtai nazardan bu narsa yuz berdi. Koncentraciya, jismoniy holat... Bundan tashqari, o'yinning sezilarli qismida kamchilik bo'lib o'ynadik. Bu futbol, bu lotoreya. "Navbahor" g'alaba qozondi, biz esa buning uddasidan chiqa olmadik. SHu sabab ham kimnidir ayblamoqchi emasman. Yigitlarimga katta rahmat, yana bir bor. 

- "So'g'diyona" yaxshi tashkil qilingan jamoa. Ammo borgan sari klub o'z o'yinini yo'qotib borayotgandek. Bunga sabab nima deb o'ylaysiz? Keyingi mavsumdagi rejalaringiz qanday?

- Bu narsa hammamiz, shu jumladan murabbiylar shtabi uchun ham katta tajriba va amaliyot bo'ldi. Uchta frontda kurash olib bordik. Buning uchun tajribali va sifatli o'yinchilardan iborat zaxira o'rindig'i bo'lishi kerak. Ammo bizda o'zingiz ko'rganingizdek jamoamiz yoshi biroz kattaroq yoki biroz yoshroq o'yinchilardan tashkil topgan. SHu jihatdan olib qaralsa, bizga har to'rt kunda o'ynash uchun jismoniy jihatdan kuch etishmadi. SHu bilan birga, biz tiklanishga ham ulgura olmadik. Biz har 96 soatda o'yin o'tkazdik. Buni yomon demayman, biz hamma frontda ham yaxshi kurash olib bordik. Endi bor etiboni chempionatga qaratamiz. CHempionatda nazariy jihatdan bizda hali imkon bor. Ikkinchi savolingizga kelsak, bu haqida gapirishga hali erta. CHempionat yakunlanadi va klub rahbariyati bilan bu masalani muhokama qilamiz. 

- Jasur Hasanov tushunarli, ammo bugun zaxira o'rindig'ida Norxonov va Denisov bor edi. Nega ularni maydonga tushirmadingiz?

- Ularning zaxirada qolganliklariga sabab bu jarohat. Ular jarohat olishgandi, tezlik bilan harakatlanishda ularda muammolar bor edi. Norxonov, Denisov va Hasanovlarning sonida jarohat bor edi. SHoyqulov va CHermel diskvalifikaciya sabab o'yinni o'tkazib yuborishdi. Zaxiramizda ikkita juda yosh o'yinchilar bor edi. Ular o'ynashmasa ham, o'yin tempini his qilishdi. Ular uchun bu foydali bo'ldi deya olaman. 

- Jamoangizning chempionatdagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Nazariy jihatdan bizda hali ham imkoniyat bor. SHuning uchun biz oxirigacha bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Biz barchani hurmat qilamiz va hech kimdan qo'rqmaymiz. Barchaga rahmat.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика