So’nggi yangiliklar

03:18ЖЧ U-17. Турнир тарихидаги энг йирик ҳисоб қайд этилди  0 03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  36 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  3 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  61 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  11 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  10 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  28

Ulug'bek Bakaev: "Bugungi holatimizda qo'lga kiritilgan bir ochko oltinga teng" Yangiliklar

Ulug'bek Bakaev: "Bugungi holatimizda qo'lga kiritilgan bir ochko oltinga teng"

Coca Cola Superligasi 7-turi doirasida "Neftchi"ga qarshi o'yindan keyin "Buxoro" bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev o'z fikrlarini bildirdi.


- Gapni ruxiy tushkunlikdan boshlayman. Jamoa hozir juda qiyin holatda. Barchasini tushunib turibmiz. Yigitlar mashg'ulotlarda yaxshi ishtirok etishmoqda, o'yinda esa anchagina qo'pol xatolar qilishmoqda. O'yinni yaxshi boshlagandik. Futbolchilar tartibli o'ynayotgandi, ko'rsatmalarni bajarishayotgandi. Ammo "Neftchi" kabi jamoalar xatolarni kechirmaydi. Sekin o'zimizga kelayotgandik, keyin yana bir qo'pol xato. Keyin yana hisobni tenglashtira oldik. Futbol shunday, vaqt bor ekan, xohish bilan o'ynash, maydonga tushish kerak. Yigitlarga rahmat aytaman, ular o'zlarini o'yinga bahsh qila olishdi va ikki marta hisobni tenglashtirishni uddalashdi. Bugungi holatimizda qo'lga kiritilgan bir ochko oltinga teng. SHu sababli buni yaxshi natija desa bo'ladi. Pochinni ochib oldik. Bu biz uchun ruxiy yuksalish bo'ladi. Ishlashda, mehnat qilishda davom etamiz.

- Ikkala goldagi yaqqol xatoni Stoshich qildi deb hisoblaysizmi?

- Hozir nimadir deyish qiyin. Hozir boshqacha xissiyotlar bor. Miyani bir joyga qo'yib, xotirjamlik bilan vaziyatni ko'rib chiqish kerak.  SHundan keyin vaziyatlarda kimlar xato qilganini aniqlab olamiz.

- Fayzullobek Jumanqo'ziev bugun asosiy tarkibda o'ynamadi. Uning o'yini Sizni qoniqtirmayaptimi?

- Jamoadagi barchaning holati meni qoniqtirmoqda. Hozir shunday holatdamizki, bizga natija kerak. Yani, bizga o'yin sifati muhim emas, asosiysi natija bo'lib turibdi. SHu boisdan ketma-ket ikkinchi yosh Javohirni maydonga tushiryapmiz. Unda tartiblilik, o'yinga etibor yuqori. Bizga shunday jangovar futbolchilar kerak. Tarkibdagi barcha futbolchi menga muhim, ular mening qarorlarimdan xafa bo'lishmayapti. Ular bilan buni muhokama qilib chiqqanmiz. 

- Fuzaylov davrida o'ng qanotda Abdurahmonov, chapda esa Jumanqo'ziev o'ynayotgandi. Sizga demak, qanotdagilarning o'yini maqul kelmagan.

- Taktik sxemani biroz o'zgartirdik. Kim o'yinga tayyor bo'lsa, kuchli holatda tursa o'yinga tushmoqda. Barcha uchun bir xil munosabatdamiz. Hech kimni ajratayotganimiz yo'q. Hurmat qilamiz, qadrlaymiz. 

- Hozir hamma futbolni murabbiy va futbolchidek tushunadigan bo'lib ketgan. 

- Bu borada nimadir deya olmayman. Barchaning o'z fikri bor. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика