So’nggi yangiliklar

08:03Ўзбекистон Хорвария баҳсининг бошланиш вақти маълум  4 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   4 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  22 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  10 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  172 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  56 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  12 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1

Ulug'bek Bakaev: "Amalga oshirgan transferlarimizdan 80 foizga qoniqish hosil qildim" Yangiliklar

Ulug'bek Bakaev: "Amalga oshirgan transferlarimizdan 80 foizga qoniqish hosil qildim"

Teglar :  Ulug'bek Bakaev
"Buxoro" hamda "Turon" o'rtasidagi Superliganing 14-tur o'yinidan (2:3) so'ng mezbon jamoa ustozi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

“Uchrashuvni yaxshi, agressiv tarzda boshladik va bir nechta golli vaziyatlar yaratdik. Qizil kartochka barchasini o'zgartirib yubordi. Kamchilikda o'ynashga moslashib ulgurmasimizdan gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi taymda ham darvozamizdan to'p olib chiqdik, ammo muvozanatni tiklay oldik. Maydonda 10 kishi qolib bunday ob-havoda 11 raqibga qarshi o'ynash qiyin. SHu sabab, futbolchilarimga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Ular bahs so'nggiga qadar kurashishdi.

CHetlatish sodir bo'lgan vaziyatni men ko'rganim yo'q. Takroriy lavhalarni ham ko'rmadim. Qizil kartochka haqiqatdan ham bor edi, deyishmoqda, biroq men ushbu vaziyatni ko'rib chiqqanim yo'q hali.

Xolto'raevni zaxiraga olishni istamas edim, lekin maydonda kamchilik bo'lib qolganimizdan so'ng himoya chizig'ini mustahkamlamasa, bo'lmas edi. SHu sabab majburiy o'zgarishni amalga oshirdik.

Biz ligada qolish uchun oxirigachaga kurashamiz. Albatta, jamoada o'sish kuzatilmoqda. Vaziyatlar yaratyapmiz, gollar kirityapmiz. Xatolar ham kamaygan. Bugun birinchi golda rikoshet bo'ldi. Yana bir nechta vaziyatlarda darvozabon yaxshi harakat qildi. Bir daqiqa sabr qila olmadik.

Amalga oshirgan transferlarimizdan 80 foizga qoniqish hosil qildim. Boisi, o'yinimiz o'zgardi, agressiv futbol, vaziyatlar va gollar paydo bo'ldi”, – dedi Baqoev.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика