Ukraina terma jamoasi darvozaboni "Inter"da Onananing o'rnini egallaydimi?
29 iyu 2023 19:29
Yangiliklar
Ukraina terma jamoasi darvozaboni "Inter"da Onananing o'rnini egallaydimi?
"SHaxtyor" va Ukraina terma jamoasi darvozaboni Anatoliy Trubin faoliyatini "Inter"da davom ettirishi mumkin, deb xabar berdi "Tuttomercatoweb".
Nashrning yozishicha, tomonlar futbolchining transferi bo'yicha muzokaralarni boshlagan. Agar "neradzurri"ning amaldagi posboni Andre Onana yozda jamoani tark etsa, transfer amalga oshishi mumkin.
23 yoshli Trubin 2020 yilning yanvaridan buyon "SHaxtyor" safida o'ynamoqda. Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyunigacha mo'ljallangan.
2022/23 yilgi mavsum u jamoa safida 38 ta o'yin o'tkazib, 40 ta gol o'tkazib yuborgan. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, futbolchining narxi – 22 million evro.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar