So’nggi yangiliklar

15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  0 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  3 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  1 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  5 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  12 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  18

UEFA millatlar ligasi formatini tasdiqladi Yangiliklar

UEFA millatlar ligasi formatini tasdiqladi

Teglar :  UEFA
UEFA millatlar ligasi reglamentining yakuniy talqinini tasdiqladi.

Bu turnir terma jamoalarning o'rtoqlik uchrashuvlari o'rnini egallaydi va jamoalarga o'ziga daraja bo'yicha mos bo'lgan raqib bilan o'ynash imkonini beradi. Musobaqada Evropaning barcha 55 jamoasi ishtirok etadi. Jamoalar JCH-2018dan keyingi reytingiga qarab to'rt ligaga (A, B, C, D) bo'linadi.

UEFA matbuot-xizmatining malum qilishicha, A ligada 12ta top-jamoalar ishtirok etadi. Keyingi 12ta jamoa B ligada qatnashadi, navbatdagi 15ta jamoasi esa C ligada, qolgan 16tasi D ligaga o'tkaziladi. A va B ligalarda 3ta jamoadan iborat 4ta guruh tashkil etiladi. C ligasida bitta 3ta jamoadan tashkil topgan va uchta 4ta jamoalik guruh bo'ladi. D ligada 4ta jamoadan tashkil topgan to'rtta guruh mavjud bo'ladi. O'yinlar 2018 yilning sentyabr-noyabr oylarida uyda va mehmonda bo'lib o'tadi (har bir terma jamoa guruh sig'imiga ko'ra 4-6ta o'yin o'tkazadi).

A ligasidagi to'rt guruh g'oliblari 2019 yilning iyun oyida bo'lib o'tadigan final bosqichiga chiqishadi. Mezbonlarni UEFA 2018 yilning dekabr oyida ishtirokchilar orasidan tanlab oladi. B, C va D guruhi g'oliblari darajasini ko'tarish uchun uchrashuvlar o'tkazishadi. A, B va C liga guruhlarida so'nggi o'rinni egallagan jamoalar darajasi bir pog'ona pasayadi.

Evropa terma jamoalari millatlar ligasi g'olibligi yoki daraja o'sishi yoki o'z divizionida qolish uchun kurashishadi. Millatlar ligasi guruh bosqichiga 2018 yilning 24 yanvarida qura tashlanadi.

Evro-2020 saralash bosqichida jiddiy o'zgarishlar bo'lmaydi (24 yo'llanma egasi aniqlanadi). Ammo u sentyabrda emas, martda boshlanadi (2019 yilning martida). Final bosqichiga avtomatik yo'llanma berilmaydi (Evro-2020 o'yinlari 13ta mamlakatda bo'lib o'tadi).

Jamoalar 5-6 jamoadan 10ta guruhga bo'linadi. Har bir guruhning eng yaxshi ikki jamoasi final bosqichiga chiqishadi. Evro-2020ning yana to'rt ishtirokchi millatlar ligasi guruhida g'olib bo'lgan 16 terma jamoa (barcha 4ta ligadagi guruh g'oliblari) o'rtasida saralash o'yinlari orqali aniqlanadi.

Har bir ligada o'zining pley-off o'yinlari bo'ladi: ikkita bitta o'yinlik yarim final va final. Har bir pley-off g'oliblari Evro-2020ga yo'llanma qo'lga kiritishadi. Agar millatlar ligasi g'oliblaridan biri saralash bosqichi orqali Evroga chiqqan bo'lsa, uning yo'llanmasi o'sha divizionning keyingi eng yaxshi jamoasiga nasib etadi. Agar ligada kerakli to'rt jamoa yig'ilmasa, bu joylarni millatlar ligasidagi reytingiga qarab bir daraja pastdagi jamoalar egallaydi.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика