So’nggi yangiliklar

02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  22 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  1 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  2 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  4 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  3 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  36 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5 22:40Пеп Гвардиола: "Балки Ҳусанов жароҳат олмаганида ютқазмаган бўлардик"  22 22:25АПЛ. "Ливерпуль" Собослаининг суперголи эвазига "Арсенал"ни мағлуб қилди  40 21:53"Манчестер Юнайтед" янги дарвозабони билан келишувга эришди  10 21:45АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 2:1  1 21:35Родри: "Мен Месси эмасман"  14 21:11"Арсенал" ҳар турда йўқотишларга учрамоқда  1

Uchta o'yinda -11ta gol. Hammasi tasodifmi? Yangiliklar

Uchta o'yinda -11ta gol. Hammasi tasodifmi?

Teglar :  MulohazaMetallurg
Negadir Superligada "Metallurg" va "Paxtakor"ning o'zaro o'yinlari eng zerikarli bahs bo'lib qolmoqda.

Masalan, kecha Bekoboddagi uchrashuv ham unchalik qiziq kechmadi. Ko'rib odamning uyqusi keladi. Asosan bir jamoa o'ynadi: "Paxtakor". "Metallurg" esa ishtiyoqsiz, go'yoki mag'lubiyatga tayyordek harakat qildi.

Bu jamoalar o'rtasidagi avvalgi ikkita bahs ham faqat bir jamoaning ustunligida o'tgandi. Birinchi bosqichning birinchi davrasida "Paxtakor" Bekoboddan 5:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytgan. O'z maydonida esa 3:0 hisobida g'alaba qozongan. Kecha ham mehmonlar 3:0 hisobida zafar quchishdi. Xullas uchta o'yinda "Metallurg" birorta ham to'p kirita olmay, o'z darvozasidan 11ta gol o'tkazib yubordi. 

Superliga zo'r o'tyapti deymiz-u, lekin mana shunday o'yinlar chempionat saviyasiga soya soladi. "Metallurg" boshqa jamoalar kelganda bor kuchini tashlaydi. Bu jamoa birinchi bosqichda o'z maydonida "Lokomotiv"ni 2:0 hisobida yutgandi, "Nasaf", "Bunyodkor", "Navbahor" klublari bilan durang o'ynadi, "Buxoro"ni ham yutgan, ammo nima uchundir "Paxtakor" borsa "jangsiz" taslim bo'ladi. 

Ikkinchi bosqich boshlangach, "Metallurg" "Loko"ga qarshi birinchi bahsda tish-tirnog'i bilan kurashdi. Lekin baribir mahorat o'z so'zini aytib, "Loko" kichik hisobda yutib ketdi. Keyingi tur "Navbahor" maydoniga borgan "Metallurg" yana bor kuchini tashlab 0:0 hisobini saqlab qoldi. Ammo uyida "Paxtakor"ga qarshi ovoz chiqarmay jimgina o'ynadi. 

"Metallurg"ning maqsadi bir amallab kuchli oltilikka kirib olish edi. Jamoa buni uddaladi ham. O'z maydonida "Qizilqum"ni 2:1 hisobida mag'lub etganidan so'ng safarda AGMKga qarshi bahs kutib turardi. Buyoqda "Qo'qon-1912" ham yuqori oltilikka harakat qilayotgandi. Ammo qo'qonliklar safarda "Neftchi"ga yutqazib qo'yishdi. "Metallurg" esa Olmaliqda AGMKni 3:2 hisobida engishning uddasidan chiqdi. Lekin negadir bu o'yin TV orqali namoyish etilmadi. 

"Metallurg" g'alati jamoa. Hamma bilan tengma-teng o'ynashga harakat qiladi. Ammo "Paxtakor" duch kelganda "jim" bo'lib qoladi. "Metallurg" o'z maydonida shu paytgacha 4 marta mag'lub bo'lgan. Ikkita g'alaba "Paxtakor"ga tegishli va to'plar nisbati 8-0. Bu tasodifmi? AGMK bilan "Lokomotiv" esa zo'rg'a 1:0 hisobida yutib ketgan. "Metallurg" "Paxtakor"dan ijaraga futbolchilar (Andreev, Ismatullaev, O'rinboev, Nurulloev, Otaxonov) olganini va bu futbolchilar "Paxtakor"ga qarshi o'ynamasligini ham bilamiz. 

Mayli, ijara shartlari har ikki tomonning o'zaro kelishuviga bog'liq deylik. Xo'p, shuncha futbolchining maydonga tushmasligi boshqalar uchun imkoniyat berishi kerak emasmi? Lekin "Metallurg" aqlli. Jon koyitib boshqa futbolchilarni "Paxtakor"ga qarshi jiddiy tayyorlashga harakat qilmaydi. Qaytanga "muhim" o'yin oldidan Zafar To'raev bilan Zohid Abdullaev to'rtinchi sariq kartochka olishni maqul ko'rishadi. CHunki ular uchun undan keyingi tur muhim. "Metallurg" navbatdagi turni o'z maydonida "Bunyodkor"ga qarshi o'tkazadi. Andrey SHipilov  "Bunyodkor"ni engish uchun bor kuchni ishga soladi. Axir kimdir yo'lni "tozalab" turishi kerak-ku.

Reyting: +66   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика