So’nggi yangiliklar

14:53Ҳоланд, Нету, Винисиус Европанинг энг тезкор футболчилари қаторидан жой олди  1 14:25Мбаппе Упамеканони "Реал"да кўришни хоҳлайди  1 13:58"Челси" собиқ футболчиси юрак муаммолари туфайли касалхонага ётқизилди  0 13:32Ўзбекистон – Миср учрашуви дуранг билан якун топса, экстра таймларга мурожаат қилинадими?  1 13:05Ўзбекистон МТЖ иштирокидаги мусобақа ТВда кўрсатиладими?  6 12:41Лапорта Флик шартномани узайтиришига ишонади  0 12:37U-17 Жаҳон чемпионати. Интизомли, мустаҳкам ва самарали жамоа — Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби ҳақида  5 12:13"Барселона" афсонаси молиявий фирибгарликда гумон қилинмоқда  2 11:47Мбаппе мамлакатини ўзгартириши мумкин: Жазоир юлдузни жалб қилишга тайёр  3 11:19Бир ўйин тарихи. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Жаҳон чемпионатида Хорватияни қандай енгганди?  3 11:15Қайтиш яқинми? Клопп дунёнинг энг кучли жамоаларидан бирини бошқариши мумкин  3 10:50Евро-2028. Очилиш ва финал учрашувларига мезбонлик қиладиган стадионлар маълум  3 10:24Флик Мессини "Барселона"га қайтишига қарши  5 09:56"Реал"нинг асосий футболчиларидан бири терма жамоаси сафида жароҳат олди  0 09:28VI Ислом Бирдамлик ўйинларида бронза медалини қўлга киритган футзал терма жамоамиз тантанали тарзда кутиб олинди  1

Ucell’da shaxmat bo'yicha katta musobaqa bo'lib o'tdi Yangiliklar

Ucell’da shaxmat bo'yicha katta musobaqa bo'lib o'tdi

Teglar :  SHaxmat
Aprel oyidan boshlab COSCOM MCHJ (Ucell savdo belgisi) barcha viloyat filiallari xodimlari o'rtasida shaxmat musobaqalarini o'tkazmoqda.

19 may kuni O'zbekiston Respublikasi Xalqaro SHaxmat Akademiyasi hududida kompaniya ishchilari o'rtasida birinchi shaxmat turnirining final bahslari bo'lib o'tdi.

Saralash o'yinlari bir yarim oy ichida butun mamlakat bo'ylab o'tkazilib, Samarqand, Qarshi, Buxoro, Navoiy, Guliston, Jizzax, Namangan, Nukus, Qo'qon va Toshkentda bo'lib o'tdi. Oq-qora maydondagi janglarda Kompaniyaning barcha ofislaridan 66 nafar ishchi qatnashdi. 11 nafar ishtirokchi finalga chiqdi.
Kompaniyada birinchi marta shaxmat bo'yicha musobaqa bo'lib o'tmoqda.

Vladimir Kravchenko, COSCOM MCHJ Bosh direktori (Ucell savdo belgisi):

— Biz Ucell kompaniyasida ananaviy ravishda nafaqat biznesda yuqori ko'rsatkichlarni saqlab qolishga, balki xodimlarning ichki shart-sharoitlardan qoniqish darajasi haqida ham qayg'uramiz.

O'tgan yilning kuzida kompaniya xodimlari orasida katta ijtimoiy so'rovnoma o'tkazildi va uning natijalariga ko'ra, ko'plab xodimlar kompaniyada sog'lom turmush tarzini faollashtirish tarafdori bo'lishdi, ayniqsa, shaxmat bo'yicha musobaqalarni o'tkazish zarurligi alohida qayd etildi.

Aytish joiz, har yili Ucell kasaba uyushma qo'mitasi ko'ngilochar va turistik sayohatlar, stol tennisi musobaqalari, voleybol, basketbol va futbol musobaqalarini tashkillashtiradi. SHaxsan o'zim basketbol muxlisiman va bajonidil o'yinlarda qatnashaman.

Endi shaxmatga ham navbat keldi. Bu xotira, mantiq va diqqat-etiborni rivojlantiradigan ajoyib sport turi hisoblanadi. Bizda shaxmatga katta hurmat va etiborga bilan qarashadi. Bunga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 yanvardagi “SHaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoni ham yaqqol misol bo'la oladi.

Saralash bosqichi o'yinlari allaqachon musobaqaga bo'lgan qiziqishni oshirib yubordi va o'ylaymanki, kompaniyada bu yaxshi ananaga aylanadi, intellektual sport turi sifatida shaxmatning yanada ommalashishiga hissa qo'shadi.

O'zbekiston Respublikasi SHaxmat federaciyasi musobaqalarni tashkil qilishda: musobaqa reglamentini ishlab chiqish g'oyasidan tortib, final bosqichlarini FIDE hakamlari bilan o'tkazishgacha bo'lgan jarayonlarda ko'maklashdi.

Musobaqa finali shveycarcha tizim bo'yicha 5 turda o'tkazildi. O'rinlar to'plangan ballarning ko'pligi bo'yicha aniqlandi.
Eng yaxshi natijani IT-xaridlar bo'limining etakchi mutaxassisi Alisher Boboev ko'rsatdi, ikkinchi o'rinda esa tahlil departamentining etakchi mutaxassisi Davron Sulaymonov.
Uchinchi o'rin Nukus shahri texnik xizmat ko'rsatish guruhi muhandisi Imomaddin Allamuratov va Buxoro shahri biznes segmentiga xizmat ko'rsatish bo'limining operatori Behzod Xoliqovlarga nasib qildi.
Turnir sovrin jamg'armasi quyidagicha taqsimlandi: turnir g'olibiga 5 million so'm, kumush medal sohibiga 3 million so'm hamda bronza medal sohiblariga 1 million so'mdan pul mukofotlari berildi. Final bosqichining qolgan etti ishtirokchisiga qimmatbaho sovg'alar topshirildi.

Alisher Boboev, shaxmat musobaqasi g'olibi:

— Yagona maqsad yo'lida birlashgan jamoaning bir qismi ekanimdan faxrlanaman. Bahslardagi o'zaro raqobat muhitiga qaramay, butun musobaqa davomida yagona jamoa, hamkasblar bo'lib qolishda davom etdik. Tashkilotchilarga katta rahmat deyman. Turnir bizni bir-birimizni qo'llab-quvvatlashga o'rgatdi, ayniqsa, favqulodda vaziyatlarda. Bizning xodimlarimiz kuchli qatiyat va mustahkam iroda ko'rsatishdi. Birinchilikni qo'lga kiritish juda hayajonli, bu men uchun ulkan sharaf.

O'zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori bo'lgan Ucell joriy etib kelayotgan zamonaviy texnologiyalari orqali hayotning eng yaxshi qulayliklari har erda va hamma uchun foydali bo'lishiga intiladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика