So’nggi yangiliklar

07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0 06:46Суперлига. Бугун ўзбек Эл Классикоси бўлиб ўтади  6 01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  1 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  1 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  5 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  11 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  37

U-20 Jahon chempionatiga O'zbekistondan tashqari yana kimlar chiqqan? Yangiliklar

U-20 Jahon chempionatiga O'zbekistondan tashqari yana kimlar chiqqan?

Kecha Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi keyingi yil bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi U-20 Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
O'quvchilarimizning talab va istaklarini inobatga olib ushbu musobaqa haqida dastlabki malumotlarni berishga qaror qildik.

2015 yilgi yoshlar o'rtasidagi mundialga Yangi Zelandiya mezbonlik qiladi. JCH 30 may kuni boshlanib 20 iyun kuni o'z yakuniga etadi.

Musobaqa o'yinlari Yangi Zelandiyaning 7ta shahrida bo'lib o'tadi. Mezbon shaharlar: Oklend, Kristchurch, Dunedin, Xamilton, Nyu Plyumout, Vangarei, Vellington.

Unda jami 24ta jamoa ishtirok etadi.

Mezbon Yangi Zelandiya to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaga ega bo'lganini tushunitirib o'tirish shart emas.

Okeaniya mintaqasida bo'lib o'tgan saralashda Fiji yoshlari chempion bo'ldi va ushbu mundialda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

SHu yil yozda Vengriyada bo'lib o'tgan Evropa chempionatida ishtirok etgan 8ta jamoaning 6tasi Yangi Zelandiyadagi Jahon chempionatiga yo'llanma oldi: Germaniya, Portugaliya, Serbiya, Avstriya, Ukraina va Vengriya.

Kecha bo'lib o'tgan o'yinlardan so'ng Osiyo qitasidan ushbu musobaqaga boradigan to'rtta jamoa nomi malum bo'ldi. O'zbekistondan tashqari Myanma, KXDR va Qatar yoshlar terma jamoalari mundialda ishtirok etishadi. Takidlash lozimki, Myanma xuddi Fiji singari U-20 Jahon chempionatiga ilk bor yo'llanma oldi.

Afrika, SHimoliy Amerika va Janubiy Amerikadan to'rttadan jamoa Yangi Zelandiyaga boradi. Hozircha bu qitalarda saralash bahslari bo'lib o'tmagan.

Afrikadagi chempionat 2015 yilning 8-22 mart kunlari bo'lib o'tadi. SHimoliy Amerikadagi saralash 9-24 yanvar kunlari tashkil etiladi. Janubiy Amerikada esa JCH yo'llanmalari 14 yanvar - 7 fevral kunlari oralig'ida o'ynaladi.


U-20 Jahon chempionatiga 2015 yilning 10 fevral sanasida qura tashlanadi.


Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика