U-20 Osiyo kubogi. Terma jamoalar haqida faktlar
13 fev 11:10
Yangiliklar
U-20 Osiyo kubogi. Terma jamoalar haqida faktlar
"A" guruhi
Xitoy
Avvalgi ishtiroklar: 18
Eng yaxshi natija: 1985 yil, chempion
2023 yilgi natija: chorak final
U-20 jahon chempionatidagi ishtiroklar: 5
Bu bosqichga qanday etib keldi: mezbon
Qiziqarli malumot: Xitoy U-20 Osiyo Chempionati final bosqichida ketma-ket 14-marta ishtirok etadi.
Avstraliya
Avvalgi ishtiroklar: 8
Eng yaxshi natija: 2010 yil, final
2023 yilgi natija: chorak final
U-20 jahon chempionatidagi ishtiroklar: 15
Bu bosqichga qanday etib keldi: Ikkinchi o'rinni egallagan eng yaxshi beshta jamoadan biri sifatida
Qiziqarli malumot: Avstraliya sakkiz marta ishtirok etgan musobaqaning oltitasida pley-off bosqichiga chiqqan.

Qirg'iz Respublikasi
Avvalgi ishtiroklar: 2
Eng yaxshi natija: guruh bosqichi
2023 yilgi natija: guruh bosqichi
U-20 jahon chempionatidagi ishtiroklar: 0
Bu bosqichga qanday etib keldi: Ikkinchi o'rinni egallagan eng yaxshi beshta jamoadan biri sifatida
Qiziqarli malumot: Qirg'iziston Respublikasi hozirga qadar final bosqichida birorta ham o'yinda g'alaba qozona olmagan (3 ta durang, 3 ta mag'lubiyat).

Qatar
Avvalgi ishtiroklar: 15
Eng yaxshi natija: 2014 yil, chempion
2023 yilgi natija: guruh bosqichi
U-20 jahon chempionatidagi ishtiroklar: 4
Bu bosqichga qanday etib keldi: "J" guruhi g'olibi sifatida
Qiziqarli malumot: Qatar U-20 Osiyo Kubogi final bosqichida ketma-ket oltinchi marta ishtirok etadi.

"B" guruhi
Iroq
Avvalgi ishtiroklar: 18
Eng yaxshi natija: chempion (1975, 1977, 1978, 1988, 2000)
2023 yilgi natija: final
U-20 jahon chempionatidagi ishtiroklar: 5
Bu bosqichga qanday etib keldi: "H" guruhi g'olibi sifatida
Qiziqarli malumot: Iroq U-20 Osiyo Chempionati final bosqichida ketma-ket 10-marta ishtirok etadi.

Iordaniya
Avvalgi ishtiroklar: 8
Eng yaxshi natija: to'rtinchi o'rin, 2006 yil
2023 yilgi natija: chorak final
U-20 jahon chempionatidagi ishtiroklar: 1
Bu bosqichga qanday etib keldi: Ikkinchi o'rinni egallagan eng yaxshi beshta jamoadan biri sifatida
Qiziqarli malumot: Iordaniya 2006 yilgi U-20 Osiyo kubogida to'rtinchi o'rinni egallagandan beri chorak finaldan nariga o'ta olmagan.

Saudiya Arabistoni
Avvalgi ishtiroklar: 15
Eng yaxshi natija: chempion (1986, 1992, 2018)
2023 yilgi natija: guruh bosqichi
U-20 jahon chempionatidagi ishtiroklar: 9
Bu bosqichga qanday etib keldi: "D" guruhi g'olibi sifatida
Qiziqarli malumot: Saudiya Arabistoni saralash bosqichida birorta ham gol o'tkazib yubormadi.

Shimoliy Koreya
Avvalgi ishtiroklar: 13
Eng yaxshi natija: chempion (1976, 2006, 2010)
2023 yilgi natija: saralashdan o'ta olmadi
U-20 jahon chempionatidagi ishtiroklar: 3
Bu bosqichga qanday etib keldi: "E" guruhi g'olibi sifatida
Qiziqarli malumot: Koreyaliklar uchta chempionlik unvonidan tashqari, 1990 va 2014 yillarda finalga chiqib, ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan.

"C" guruhi
O'zbekiston
Avvalgi ishtiroklar: 8
Eng yaxshi natija: chempion (2023)
2023 yilgi natija: chempion
U-20 jahon chempionatidagi ishtiroklar: 5
Bu bosqichga qanday etib keldi: "B" guruhi g'olibi sifatida
Qiziqarli malumot: O'zbekiston U-20 Osiyo Kubogidagi oldingi sakkiz ishtirokining beshtasida yarim finalga chiqishga muvaffaq bo'lgan.

Eron
Avvalgi ishtiroklar: 21
Eng yaxshi natija: chempion (1973, 1974, 1975, 1976)
2023 yilgi natija: chorak final
U-20 jahon chempionatidagi ishtiroklar: 3
Bu bosqichga qanday etib keldi: "G" guruhi g'olibi sifatida
Qiziqarli malumot: Eron 1977 yilgacha ketma-ket to'rt marta chempionlik va bir marta ikkinchi o'rinni egallaganidan so'ng, U-20 Osiyo kubogi finaliga boshqa chiqolmadi.

Indoneziya
Avvalgi ishtiroklar: 19
Eng yaxshi natija: chempion (1961)
2023 yilgi natija: guruh bosqichi
U-20 jahon chempionatidagi ishtiroklar: 1
Bu bosqichga qanday etib keldi: "F" guruhi g'olibi sifatida
Qiziqarli malumot: Indoneziya 2025 yilgi saralash bosqichini mag'lubiyatsiz (2 g'alaba, 1 durang) o'tkazdi.

Yaman
Avvalgi ishtiroklar: 6
Eng yaxshi natija: chorak final
2023 yilgi natija: saralashdan o'ta olmagan
U-20 jahon chempionatidagi ishtiroklar: -
Bu bosqichga qanday etib keldi: Ikkinchi o'rinni egallagan eng yaxshi beshta jamoadan biri sifatida
Qiziqarli malumot: Yaman tanish raqibi - Indoneziya bilan yana to'qnash keladi. Bu ikki jamoa saralashning "F" guruhida 1:1 hisobida durang o'ynagan edi.

"D" guruhi
Yaponiya
Avvalgi ishtiroklar: 38
Eng yaxshi natija: chempion (2016)
2023 yilgi natija: yarim final
U-20 jahon chempionatidagi ishtiroklar: 11
Bu bosqichga qanday etib keldi: "I" guruhi g'olibi sifatida
Qiziqarli malumot: Yaponiya 2016 yildagi g'oliblikdan tashqari, olti marta musobaqada ikkinchi o'rinni egallagan.

Janubiy Koreya
Avvalgi ishtiroklar: 39
Eng yaxshi natija: chempion (1959, 1960, 1963, 1978, 1980, 1982, 1990, 1996, 1998, 2002, 2004, 2012)
2023 yilgi natija: yarim final
U-20 jahon chempionatidagi ishtiroklar: 16
Bu bosqichga qanday etib keldi: "C" guruhi g'olibi sifatida
Qiziqarli malumot: Koreya Respublikasi 2012 yilda o'zining 12-chempionligini qo'lga kiritganidan buyon faqat bir marta finalga etib borgan - 2018 yildagi hal qiluvchi o'yinda Saudiya Arabistoniga 2:1 hisobida mag'lub bo'lgan.

Suriya
Avvalgi ishtiroklar: 11
Eng yaxshi natija: chempion (1994)
2023 yilgi natija: guruh bosqichi
U-20 jahon chempionatidagi ishtiroklar: 4
Bu bosqichga qanday etib keldi: "A" guruhi g'olibi sifatida
Qiziqarli malumot: 1994 yilda chempionlik unvonini qo'lga kiritganidan buyon, Suriya erishgan eng yaxshi natija 2004 yildagi to'rtinchi o'rin bo'lib qolmoqda.

Tailand
Avvalgi ishtiroklar: 33
Eng yaxshi natija: chempion (1962, 1969)
2023 yilgi natija: saralashdan o'ta olmagan
U-20 jahon chempionatidagi ishtiroklar: -
Bu bosqichga qanday etib keldi: Ikkinchi o'rinni egallagan eng yaxshi beshta jamoadan biri sifatida
Qiziqarli malumot: Tailand final bosqichida eng ko'p ishtirok etgan uchinchi mamlakat hisoblanadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar