So’nggi yangiliklar

19:14Яйпанда янги жамоа ташкил қилинди  5 18:48Ламин Ямаль: "Жавоб ўйинида боримизни берамиз"  4 18:22Хаби Алонсонинг ўрнини ким эгаллайди? "Байер" Фабрегас ва тен Ҳаг номзодларини кўриб чиқмоқда  2 17:51​"Барселона" футболчиси 3 ҳафтага сафдан чиқди  5 17:22"Рома"да апрель ойининг энг яхши футболчиси аниқланмоқда: Элдор Шомуродов даъвогарлар қаторида  14 16:56Ҳаммаси жиддий: Рюдигер жароҳати туфайли фаолиятини якунлаши мумкин  4 16:33"Манчестер Сити" икки кунда иккита ўйин ўтказади. Қандай қилиб?  10 16:26Родри тўлиқ машғулотларга қайтди  0 15:59Чин инсонийлик намунаси: Грилиш онасини йўқотган оилага ёрдам берди ва мухлисларга мурожаат қилди  1 15:35"Реал" собиқ устози Қатар терма жамоаси бош мураббийи лавозимига тайинланди  10 15:12Мухлислар билан тўлган, "Навбаҳор" "Оқ-тепа" устидан минимал ғалабага эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 14:46"Шўртан" Ғузорда бир киши кам қолган "Олимпик"ни йирик ҳисобда доғда қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:29Салиба "Арсенал"нинг ПСЖдан учралган мағлубиятига баҳо берди  4 14:06Осиё чемпиони бўлган Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Тошкентда йиғин ўтказади  5 13:34Руни: "Умид қиламанки, "Арсенал" ЕЧЛда ғалаба қозонади. Бунинг учун ишонч ва сабр керак"  4

U-20 Osiyo kubogi. O'zbekiston Indoneziyani mag'lub etib, muddatidan avval chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi Yangiliklar

U-20 Osiyo kubogi. O'zbekiston Indoneziyani mag'lub etib, muddatidan avval chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi

Turnirning 2-turidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.

Indoneziya – O'zbekiston 1:3

Gollar: 0:1 – 21, O'rinboev (Hamidov), 1:1 – 23, Raven (Ola), 1:2 – 47, Haydarov (Tuxsonov), 1:3 – 63, Saidnurullaev (O'rinboev).

Indoneziya U-20: 3.Al G'affori, 4.Arel, 5.Buffon (17.Hidayat, 57), 6.Florasta (8.Varman, 80), 9.Raven, 13.Sheva, 15.Ola (20.Rahmon, 87), 16.Pamungkas, 18.Firmansyah, 19.Ragil (7.Abdulmannon, 56), 21.Gvijangge (11.Pahlavi, 87).

O'zbekiston U-20: 12.Muhammadyusuf Sobirov, 2.Saidxon Hamidov, 5.Azizbek To'lqinbekov (4.G'iyos Rizoqulov, 76), 6.Ravshan Xayrullaev, 7.Daler Tuxsanov (11.Murod Komilov, 75), 9.Saidumarxon Saidnurullaev, 10.Muhammadali O'rinboev (19. Rustambek Fomin, 67), 13.Behruz Jumatov, 20.Dilshod Abdullaev, 22.Asilbek Jumaev (17.Ollobergan Karimov, 85), 23.Abdug'ofur Haydarov (16.Muhammadali Reimov, 85).

Zaxira: 1.Murkaev, 3.Zohidov, 8.Saidov, 14.Qurbonov, 15.Mirzaev, 18.Ahmadjonov, 21.Murodboev.

Ogohlantirish: G'iyos Rizoqulov (90+3).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi! O'zbekiston muddatidan avval keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Eronga qarshi bellashuv esa guruh g'olibini aniqlab beradi.

90+3. Rizoqulov raqib futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. Zarba! O'zbekiston futbolchilarining ketma-ket zarbasi xavfli, ammo noaniq ko'rinish oldi.

87. Zarba! Rizoqulov tomonidan o'ng qanotdan uzatilgan to'pga Saidnurullaev bosh bilan zarba yo'lladi, ammo to'p raqib darvozasi ustunining yonginasidan o'tib ketdi.

85. O'zbekistonda ikki o'zgarish sodir bo'ldi. 

80. Indoneziya tarkibida o'zgarish. 

79. Indoneziyaliklarning burchak uzatmasi qaytarildi.

75. O'zbekiston tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.

Mazkur o'yindagi g'alaba O'zbekistonni Eron bilan birga muddatidan avval keyingi bosqichga olib chiqadi. O'zaro bellashuv esa 19 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 16:30 da boshlanadi.

70. Zarba! Abdulmannonning raqib jarima maydoni ichidan yo'llagan xavfli zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

67. O'zgarish: Fomin O'rinboevni almashtirdi.

66. O'rinboev jarohat olgan ko'rinadi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

63. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLL!!! O'rinboevning burchak uzatmasidan so'ng Saidnurullaev to'pni bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi! 58. Florasta tepgan to'pni Sobirov egallab oldi.

56. Indoneziya tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.

52. O'zbekistonliklarning navbatdagi hujumi samarasiz yakunlandi. o'ng qanotdan uzatilgan to'pga hech kim etib kelmadi.

47. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLL!!! Haydarov chap oyoqda kuchli zarba bilan raqib darvozasini aniq nishonga olib, O'zbekistonni hisobda oldinga olib chiqdi!46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi. Tanaffus.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. Shu onda Saidnurullaevning zarbasini raqib posboni egallab oldi.

44. Tuxsanovga nisbatan fol ishlatildi. Standart vaziyat. Uning o'zi tomonidan jarima maydoniga uzatma Jumatovning zarbasi bilan yakunlandi. Bosh bilan yo'llagan zarbaga aniqlik etishmadi.

42. Zarba! Xayrullaevning olisdan pastlatib yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi, ammo raqibni sarosimaga soldi.

40. Indoneziyaliklarning burchakdan uzatmasi qaytarildi, keyingi hujum esa Marselning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

37. Jumaev hujumda qo'idabuzarlik sodir etdi.

33. Marselning jarimadan tepgan to'pini Sobirov egallab oldi.

30. O'rinboev raqib jarima maydoni yaqinida fol evaziga to'xtatildi. Jarima zarbasi jonli devordagilarga tegib, maydonni tark etdi.

23. GOL! Indoneziya tezkor javob qaytardi. Ravenning uzoq burchak tomon yo'llagan zarbasini Sobirov qaytara olmadi.

21. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLL!!! Hamidovning chap qanotdan uzatgan to'pini O'rinboev birinchi o'yinda bo'lgani kabi bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi!

20. Haydarovning olisdan chap oyoqda yo'llagan kuchli zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

19. Indoneziyaliklar xavfli hujum tashkillashtirildi, oldingi chiziq vakili tomon uzatilgan to'pni Sobirov maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

17. To'lqinbekovning raqib jarima maydonidan yo'llagan zarbasiga raqib himoyachisi blok qo'ydi.

15. Tuxsanovning jarima maydoniga uzatgan to'piga sherigi etib kela olmadi.

12. Tonining olisdan yo'llagan zarbasini Sobirov o'tkazib yubormadi.

11. Jumaev raqib futbolchisidan og'riqli zarba qabul qilib oldi, ammo o'rnidan turdi.

9. Raven o'ng qanotdan raqib jarima maydoniga kirib bordi, uning uzatgan to'pini Sobirov egallab oldi.

4. O'rinboevning chap qanotdan markazga uzatgan to'pini Sheva maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

3. Maydon markazida O'rinboevga nisbatan qo'pollik ishlatildi.

1. Zarba! Haydarovning olisdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda Eron Yaman darvozasiga javobsiz 6 ta to'p kiritdi va ochkolarini 6 taga etkazib, guruhdan chiqish masalasini deyarli hal qildi. Yaman esa imkoniyatlarini deyarli yo'qotdi.

1. O'yin boshlandi.


Bugun Indoneziya qizil, O'zbekiston oq rangli liboslarda harakat qiladi.

Jamoalarga maydonga chiqib kelishdi. Madhiyalar ijro etildi.

Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari! Bugun 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogi "C" guruhi 2-turidan o'rin olgan Indoneziya – O'zbekiston uchrashuvi guvohiga aylanamiz.

Reyting: +23   

Fikrlar

+10   
16 fev 17:52:26
Фахриддин Эргашев
Эрон билан ўйинда биламиз кучини очилиб кетар омадини берсин йигитларни
+9   
16 fev 18:29:57
Азим Исмаилов
Хакикий кучимиз чорак финалда Япония еки кореяга карши уйиндан кейин малум булади
+8   
16 fev 16:47:54
Open Ucoz
Afsuski jamoamizda murabbiy yoʻq ekan futbolchilar koʻcha futboli qilib beryapti
+7   
16 fev 17:39:00
Баходиржон 1912
Икки лаганбардор шархи .
+7   
16 fev 17:07:20
Узбек футболи
Тўхсанов 100% ўйини брак!
+7   
16 fev 16:55:56
Akrom Mahmudov
Xa chempionlikka tortadigan jamoa,emas afsus
+6   
16 fev 17:05:21
Bek_0885
Oʻyin ancha sustku, termamizda. Bu oʻyin bilan ancha qiyin boʻladi menimcha. Nima boʻlganda ham omad jamoamizga.
+6   
16 fev 16:46:25
Open Ucoz
Daler Tuxsanov oʻyini 0%
+5   
16 fev 19:46:31
Odilbek Abdushukurov
Qanaqa murabbiy, qanaqa o‘yinchi bular-a.. Kommentariyga kirib, ekspertlarning fikrlarini o‘qib inobatga olsa bo‘lmaydimi-a... ))
+5   
16 fev 17:33:59
Nasaf O‘zbekiston kelajagi
Karamshurva bo‘libdi o‘yin o‘zim bo‘layga o‘ynayapti ko‘pchilik. Tan olaylik tanish bilish bo‘lgan yoki kelajagimiz egalari shular bo‘lsa yetib kelibdi futbol ham. 20 yosh ayni futbol o‘ynaydigan yosh. Bularda kretivlik shijoat taktika bir birini sezish kambinatsiya sezilmayapti. Kuchliroq jamoalarga qarshi dovdirab qolishadi. Agar xisobda orqaga qoladigan payti g‘alabani olib chiqib ketadigan jamoaga o‘xshashmayapti. Bu ikki o‘yin natijasidagi xulosalar. Yorqinlik yo‘q. Sharhlovchilar ham o‘yinga mos. Omad tilayman.
+5   
16 fev 17:10:52
Farkhod Raufov
Öyin bir tiyinga qimmat
+4   
16 fev 20:04:06
AA H.A
Сабр ва Яна сабр
+3   
16 fev 19:47:55
Аскарбек Мухитдинов
Akrom Mahmudov foydalanuvchining fikriga javob berish
Xa chempionlikka tortadigan jamoa,emas afsus
E ukajon kutini qissib uyinlarni tomosha qil iltimos
+3   
16 fev 19:28:44
Абдугаффор . N
Кейинги боскичга чикилгани бн табриклаймиз! Олга Узбекистон.
+3   
16 fev 18:44:03
Nasimov_13
Buncha nolidizla ayollaga o'xshab jamoa o'yini yomon emas zato natija qiliwyaptiku yutishyaptiku sila aytgan Eron Yapon Koreysla ham shu darajada
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика