So’nggi yangiliklar

12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  0 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  3 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  3 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  10 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11

U-20 Osiyo kubogi. Anvar G'ofurov: "Yaman bilan o'yinda kerakli natija qilindi, bu bosqichda oson raqib kutish xato" Yangiliklar

U-20 Osiyo kubogi. Anvar G'ofurov: "Yaman bilan o'yinda kerakli natija qilindi, bu bosqichda oson raqib kutish xato"

Bugun O'zbekiston U-20 terma jamoasi qita turniri guruh bosqichining ikkinchi turida Indoneziya bilan kuch sinashadi.

Bu o'yindagi g'alaba vakillarimiz uchun keyingi bosqich eshiklarini ochadi. Avvalgi turdan avval tajribali yoshlar murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaev mulohazalarini bildirgan edi. Ikkinchi tur uchrashuvi oldidan yana bir mutaxassis Anvar G'ofurovning fikrlarini tingladik. 

- Yoshlar terma jamoamizning Yamanga qarshi o'yini qanday taassurot qoldirdi? Havotirli kechgan ikkinchi bo'limchi?

- Avvalgi turda birinchi o'yinimiz bo'lishiga qaramasdan jamoamiz yaxshi harakat qildi va chakki taassurot qoldirgani yo'q. Ayniqsa birinchi bo'limni aytib o'tmoqchiman. Ikkinchi bo'limda Yaman terma jamoasi o'yinda va hisobda o'zgarish qilishga harakat qildi, bor imkoniyatini ishga soldi. Natijada gol urish uchun imkoniyat yaratishni boshladi. Bizning jamoa esa aksincha hisobni saqlab qolishga harakat qildi. Eng asosiysi kerakli natija qo'lga kiritildi. 

- Biz oddiy deb qarayotgan raqiblar ham munosib qarshilik ko'rsatmoqda. Jamoamiz hali bor salohiyatini ko'rsatgani yo'qmi?

- Albatta. Bu bosqichda oson raqibni kutish juda noto'g'ri fikr. Har bir raqibni hurmat qilish kerak. Ko'p mamlakatlarda futbol yildan-yilga rivojlanmoqda. Zamonaviy futbol talablari ham oshib bormoqda. 

- Indoneziya bilan o'yindan avvalgisidan farq qilishini kutishimiz mumkinmi? 

- Birinchi turda kim qanday natija ko'rsatganiga etibor bermasligimiz kerak. Maydonga tushgan har bir futbolchi o'zining eng yaxshi o'yinini va murabbiylar ko'rsatmalarini bajarishga harakat qilishi zarur. Terma jamoamiz yaxshi futbolchilardan shakllangan. O'ylaymanki, bugun ular yaxshi natija ko'rsatishadi. 

- Futbolchilarning ilk turdagi harakatlariga qanday baho berasiz? To'lqinbekovning boshqa poziciyada o'ynayotgani uning imkoniyatlarini cheklamayaptimi?

- Aziz To'lqinbekov uchun bu poziciya begona emas. Aziz ko'plab o'yinlarda aynan shu joyda to'p tepgan va yaxshi taassurot qoldirgan. Shuning uchun ham murabbiylar unga ishonch bildirishmoqda. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика