So’nggi yangiliklar

13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  8 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  8 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  3 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  16 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24

U-20 Osiyo kubogi tarixidan. “Nas ne dogonyat“ yoxud Geynrixning Viktor Borisovga sovg'asi Yangiliklar

U-20 Osiyo kubogi tarixidan. “Nas ne dogonyat“ yoxud Geynrixning Viktor Borisovga sovg'asi

2 kundan so'ng O'zbekiston yoshlar terma jamoasi U-20 Osiyo kubogidagi ishtirokini boshlaydi.

Biz esa aynan shu yosh toifasidagi terma jamoamizning turli yillarda qita musobaqalaridagi ajoyib ishtiroklarini yodga olyapmiz. Umuman 2000 yillar boshida tarkibida Geynrix, Jasur Hasanov, Kamoliddin Tojiev, Ignatiy Nesterovlar bo'lgan jamoa xalqaro maydondagi dastlabki muvaffaqiyatli qadamlarni boshlab bergandi. 


Saralash bahslari 2002 yil may oyida Toshkentda o'tgan, raqiblar Turkmaniston 7:0, Nepal 12:0 hisobida mag'lubiyatga uchratilgandi. Bir so'z bilan aytganda ortiqcha muammoga duch kelinmagan, deya olamiz. Oktyabr oyiga kelib Osiyo kubogi Qatar yashil maydonlarida start oladi. O'sha vaqtda ham Yaponiya, Koreya, Saudiya Arabistoni qita gigantlari edi. Aslini olganda eng omadli terma jamoalarimizdan biri aynan mazkur avlod vakillari hisoblanadilar. Ular ilk marta qita chempionatiga chiqish bilan birga JCH yo'llanmasini ham qo'lga kiritganlar va eng keraklisi uzoq yillar davomida MTJ sharafini himoya qilganlar. Birinchi turda vakillarimiz Tailandni 4:0 natijasida engishdi, Janubiy Koreya mezbonlarni minimal hisobda yutdi (1:0). Ikkinchi turga kelib esa vaziyat o'zgardi. Qatar Tailanddan uch ochko olgan bo'lsa, O'zbekiston Janubiy Koreyaga yutqazdi. So'nggi tur oldidan Qatar va O'zbekistonda vaziyat teng edi.  Aleksandr Geynrix o'sha paytlarni quyidagicha xotirlaydi


"Guruhimizdagi raqiblardan biri Qatar. Bunday paytda bizga oson bo'lmasligi aniq edi. Qatar bilan o'yindan oldin Viktor Borisov murabbiylar shtabidagilar bilan bizni yig'di va o'yinga ko'rsatmalarni berdi.

O'yinga qiziqishim juda katta. Qandaydir tuyg'u, bu uchrashuvda g'alaba qozonishimizni aytardi. Magdeevga, maykamga yozuv yozaman dedim. Marker faqat Borisovda bo'lardi. Turdim-da, Borisovni eshigini taqillatdim.

- Kim, u?

- Men, Sasha!

- Senga nima kerak, chaqirmadim-ku?

- To'g'ri, markeringizni berib tura olasizmi?

- Uni nima qilasan?

- Sizga sovg'am bor.

Markerni oldimda, qaerdan bu fikr miyamga keldi bilmayman “nas ne dogonyat“, deb yozdim",- deya xotirlaydi Sasha. 

Uchrashuv gollarga boy ruhda o'tdi. Geynrixning xet-trigi, Krushelnicki va Hasanovning kiritgan to'plari O'zbekistonga 5:4 hisobidagi g'alabani keltirdi.   Aleksandr Geynrix o'zining uchinchi golini urib, hisobni 4:2 ko'rinishga olib kelgach futbolkasini echadi, futbolka ichidagi maykada shunday yozuv turardi, "Nas ne dogonyat"!

Qatar - O'zbekiston - 4:5 (1:2)

21.10.2002. 3-tur. 

Gollar: Krushelnickiy Yaroslav, 3 (0:1), Geynrix Aleksandr, 45 (1:2), Geynrix Aleksandr, 51 (1:3), Geynrix Aleksandr, 73 (2:4), Xasanov Jasur 83, 90 (4:5) - Ali Al-Marri, 5 (1:1), Adel Lami, 71 (2:3), Valid Abdulla, 75 (3:4), Meshal Abdulla - p, 85 (4:4)

CHorak finalda Suriyani yirik hisobda taslim qilgan Viktor Borisov shogirdlari mustaqil O'zbekiston tarixida ilk bor mundialga chiqishga muyassar bo'lgandi, desak to'g'ri bo'ladi. Keyingi bosqichda Yaponiyaga penaltilar seriyasida, uchinchi o'rin uchun Saudiya Arabistoniga imkoniyat boy berilgan. Etibor qiling, bu paytga kelib Geynrix, Krushelnickiy, Bikmaev, Salomov, Hasanov o'z klublarida ham ko'zga ko'rinishni boshlagandi. Bu "oltin" avlod keyingi yosh toifalari uchun debocha vazifasini o'tab bergani bilan qadrlidir. 

Mundialga O'zbekiston yoshlar terma jamoasi quyidagi tarkib bilan tashrif buyurgan. Murabbiylar shtabida ham o'zgarish bo'lgan. Germaniyalik Yurgen Gyode barcha ishga bosh-qosh bo'lgan.

Darvozabonlar: Temur G'aniev, Ignatiy Nesterov.

Himoyachilar: SHavkat Raimqulov, Rustam Qodirov, Yaroslav Krushelnickiy, Muzaffar Xoliqov, Kamoliddin Tojiev, Vladimir Anikin, Islom Inomov, Timur Sultonov, Ilhom Suyunov.

Yarim himoyachilar: Jasur Hasanov, Mansur Saidov, Nodirbek Qo'ziboev, Ilyos Zeytullaev, Ildar Magdeev.

Hujumchilar: Aleksandr Geynrix, Marat Bikmaev, Konstantin Boev, Baxriddin Vahobov.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика