U-20 JCH. Yangi Zelandiya murabbiyi O'zbekistonga qarshi bo'lajak o'yin haqida gapirdi
23 may 2023 06:24
Yangiliklar
U-20 JCH. Yangi Zelandiya murabbiyi O'zbekistonga qarshi bo'lajak o'yin haqida gapirdi
Yangi Zelandiya yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Darren Bazeley "A" guruhining 2-turidan o'rin olgan O'zbekistonga qarshi o'yin agressiv ruhda o'tishini aytdi.
"Turnirdagi ishtirokini davom ettirish uchun g'alaba zarur bo'lgan Osiyo chempionlari kuchli raqib sanaladi va ular bizga to'p nazoratini bermaslikka harakat qiladi.
Bo'lajak o'yinda g'alaba qozonishga hamda turnirdagi yo'limizni ijobiy kayfiyatda davom ettirishga harakat qilamiz. Tarkibdagi barcha futbolchilar maydonga tushishga shay", — dedi okeaniyaliklar ustozi.
Eslatib o'tamiz, Yangi Zelandiya — O'zbekiston uchrashuvi 23 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar