So’nggi yangiliklar

13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 13:18Суперлига. Плей-офф: "Арал" – "Бухоро". Таркиблар маълум   6 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

U-20 JCH. Braziliyaliklar to'pdan shikoyat qilishmoqda Yangiliklar

U-20 JCH. Braziliyaliklar to'pdan shikoyat qilishmoqda

Oceanuz musobaqaning rasmiy to'pi hisoblanadi.

Ertaga yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati start oladi. Mazkur musobaqa oldidan jamoalar so'nggi tayyorgarlik mashg'ulotlarini olib borishmoqda. SHular qatorida, mundialga hozirlik ko'rayotgan braziliyaliklar musobaqada foydalaniladigan to'plardan shikoyat qilishdi.

Jumladan, "Vasko da Gama" yarim himoyachisi Marlon Gomesh shunday dedi: "Musobaqada foydalaniladigan to'p qandaydir boshqacha ko'rinishda, u darhol tezlik olib ketadi, aylanish jihatdan ham farqlanadi. SHunga qaramay, biz bunga moslashayapmiz va bor etiborimizni Italiyaga qarshi o'yinga qaratyapmiz".

SHuningdek, "Korintians" hujumchisi Pedrino ham Gomeshning fikriga qo'shimcha qildi: "To'p boshqacha, ammo vaqt o'tishi bilan bunga ko'nikib ketamiz".

Eslatib o'tamiz, 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionatida foydalaniladigan to'pning nomi OCEAUNZ bo'lib, Adidas kompaniyasi mazkur koptokni ayollar o'rtasidagi jahon chempionati uchun ishlab chiqargandi, ammo mazkur musobaqada ham ushbu to'pdan foydalaniladigan bo'ldi.

Ushbu to'pda ham Qatardagi jahon chempionatida bo'lgani singari ofsaydni aniqlaydigan yarimavtomat tizim mavjud.

Braziliya yoshlar terma jamoasi jahon chempionatining "D" guruhida Italiya, Nigeriya va Dominikan bilan to'qnash keladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика