U-20 Jahon chempionati. Tunda O'zbekiston Gvatemala bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
26 may 2023
Bugun tunda U-20 Jahon chempionatida 3-tur bahslari boshlanadi.

Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 3-turda Gvatemalaga qarshi maydonga tushadi. "Estadio Unico Madre de Ciudades" stadionida o'tadigan bahs Toshkent vaqti bilan tunggi soat 02:00da boshlanadi.

O'zbekiston ikkita o'yindan 1 ochko to'plagan, Gvatemala esa ikkala bahsda yutqazgan.

O'zbekiston terma jamoasi ushbu bahsda to'liq oq rangli formada, darvozabon esa to'q sariq formada o'ynaydi.


U-20 Jahon chempionati, 3-tur
O'zbekiston - Gvatemala
26 may 2023 yil. Santyago del Estero, "Estadio Unico Madre de Ciudades" stadioni. 02:00 (Uzreport TV LIVE)
Hakamlar
: Muhammad Maruf (Misr), Zakariyo Brinsi (Marokash), Abbos Akram (Jazoir), Abdulaziz Bou (Mavritaniya).
VAR: Amr El Shinavi (Misr).
AVAR: Hamza El Fariq (Marokash).




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia