So’nggi yangiliklar

11:14Суперлига 17-тур баҳсларига ҳакамлар тайинланди  0 10:38Февзи Давлетов: "Қизилқум" икки тайм давомида позицион ҳимояланди"  0 10:10Сон Хён Миннинг янги жамоаси маълум  1 09:39Саудия Арабистони терма жамоаси аъзоси Франция клубига ўтди  1 09:08"Бавария" футболчиси фаолиятини АПЛда давом эттиради  1 08:50Ўртоқлик учрашувлари. Сон Хён Мин "Тоттенхем" мухлислари билан хайрлашди, "Аякс" "Монако" билан дуранг ўйнади, "Порту" эса "Атлетико" устидан ғалаба қозонди  0 08:37"Ал Насср" "Манчестер Сити" футболчисига таклиф билан чиқмоқчи  0 08:06"Реал" футболчисини Бразилия клубига текинга қўйиб юбормоқда  0 07:35МЮ АҚШдаги кичик турнирда ғалаба қозонди  1 07:15"Андижон" ва "Хоразм" учтадан гол уриб ғалаба қозонишди, "Сурхон" — "Қизилқум" баҳсида эса голсиз дуранг қайд этилди  0 01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  2 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  1 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  8 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5

U-19 Osiyo chempionati. O'zbekiston ketma-ket beshinchi bor chorak finalga chiqdi Yangiliklar

U-19 Osiyo chempionati. O'zbekiston ketma-ket beshinchi bor chorak finalga chiqdi

Kecha Bahraynda o'tayotgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining 2-turida O'zbekiston terma jamoasi Avstraliyani 3:2 hisobida mag'lub etdi.

SHu tariqa, Jasur Abduraimov boshchiligidagi jamoa muddatdan avval guruhda birinchi o'rinni va chorak final yo'llanmasini naqd qildi.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ketma-ket beshinchi bor qita chempionatida chorak finalga chiqishga erishdi.

2008 yilda Ahmad Ubaydullaev boshchiligidagi yoshlarimiz Saudiya Arabistonida o'tgan chempionatda finalga qadar etib borib BAAga yutqazib qo'yishgandi.

2010 yilda Marat Kabaev murabbiyligidagi O'zbekiston guruh bosqichida yuz foizli natijaga erishgandi. Biroq chorak finalda Saudiya Arabistoniga 1:2 hisobida imkoniyat boy berilgan.

2012 yil Ahmadjon Musaev boshchiligidagi jamoa BAAdagi musobaqada yarim finalga qadar etib borib Janubiy Koreyaga yutqazib qo'ygandi.

2014 yilda Myanma davlatida tashkil etilgan U-19 Osiyo chempionatida O'zbekistonga Ravshan Haydarov ustozlik qilgan. Bu safar ham jamoamiz yarim finalga qadar etib borgan. Yoshlarimizni final ostonasida KXDR mag'lub etgandi.

Bu yil Jasur Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi guruh bosqichidagi dastlabki ikki o'yinda Tojikiston va Avstraliyani mag'lub etib muddatdan avval guruhdan chiqish vazifasini uddalashdi. Yoshlarimiz chorak finalda Yaponiya, Qatar yoki Eron bilan o'ynashadi. CHorak finalda g'olib bo'lgan jamoa keyingi yil Janubiy Koreyada o'tadigan U-20 Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика