So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  0 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  5 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

U-19 ayollar o'rtasidagi Osiyo chempionati: Tailand – O'zbekiston uchrashuvi prevyusi Yangiliklar

U-19 ayollar o'rtasidagi Osiyo chempionati: Tailand – O'zbekiston uchrashuvi prevyusi

Bugun, 21 oktyabr kuni O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi Osiyo chempionati “A” guruhi 3-turida Tailandga qarshi maydonga tushadi.

Har ikki jamoa guruh bosqichining dastlabki ikki o'yinida mag'lubiyatga uchragan holda pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritish imkoniyatini yo'qotdi. O'zbekiston termasi dastlab Xitoyga (0:2), keyin esa KXDRga (0:2) mag'lub bo'ldi. Tailand esa mos ravishda KXDR (0:9) va Xitoyga (0:2) yutqazdi.

Bugunli bellashuv har ikki terma jamoa uchun hech qanday ahamiyat kasb etmasa-da, hech bo'lmaganda turnirni ochko bilan yakunlash imkoniyatini beradi.  

“Tailandga qarshi hujumkor o'yin namoyish qilamiz. Dastlabki ikki o'yinda raqibdan kelib chiqib bor etiborni hujumga qaratishdan cho'chigan edik, ammo bugun g'alaba qozonish uchun hujum qilamiz”, – dedi Bahrom Norsafarov bo'lajak o'yin oldidan.

O'zbekiston va Tailand U-19 terma jamoalari bugungi to'qnashuvga qadar ikki bor o'zaro bahs olib borgan. Har ikkisida ham tailandlik qizlarning qo'li baland kelgan edi. Bahrom Norsafarov shogirdlari o'zaro qarama-qarshilikdagi hisobni qisqartirish imkoniyatiga ega.

O'zbekiston va Tailand o'yini bilan bir vaqtda guruh etakchilari KXDR va Xitoy o'zaro kuch sinashadi.  Har ikki o'yin Toshkent vaqti bilan 12:00 da boshlanadi.

U-19 ayollar o'rtasida OCH
Nankin shahri, Xitoy
“A” guruhi, 3-tur

12:00  Tailand – O'zbekiston 
12:00  Xitoy – KXDR

U-19 ayollar o'rtasidagi Osiyo chempionati "A" guruhi 2-turidan keyin turnir jadvali quyidagi ko'rinishni olgan. 

#

Jamoa

O'

G'

D

M

TN

O

1

KXDR

2

2

0

0

+11

6

2

Xitoy

2

2

0

0

+4

6

3

O'zbekiston

2

0

0

2

-4

0

4

Tailand

2

0

0

2

−11

0

Tailand – O'zbekiston uchrashuvini quyidagi havola orqali onlayn tomosha qilish mumkin.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика