U-17 Osiyo kubogi uchrashuvlarini qabul qiluvchi stadionlar malum
04 fev 19:21
Yangiliklar
U-17 Osiyo kubogi uchrashuvlarini qabul qiluvchi stadionlar malum
Osiyo futbol konfederaciyasi 2025 yilning 3 – 20 aprel kunlari Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan U-17 Osiyo kubogi uchrashuvlarini qabul qiluvchi stadionlar bo'yicha malumot taqdim etdi.
Unga ko'ra, turnir Toif shahridagi “King Fahd Sports City” va “Okaz” hamda Jidda shahridagi “SHaxzoda Abdulloh Al Faisal” va “Qirol Abdulloh Sports City Hall” stadionlarida o'tkaziladi.
Final uchrashuvi esa Toif shahridagi “King Fahd Sports City” o'yingohida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-17 terma jamoasi turnirning “A” guruhida Tailand, Xitoy va mezbon – Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar