So’nggi yangiliklar

08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  0 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  1 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  4 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  10 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  1 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2

U-17 Osiyo kubogi. Guruh bosqichi ramziy terma jamoasi Yangiliklar

U-17 Osiyo kubogi. Guruh bosqichi ramziy terma jamoasi

Championat.asia sayti 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi qita turniri guruh bosqichida o'z iqtidorini namoyon eta olgan futbolchilarni saralab oldi.

Darvozabon

Mahmud al Burayh (Saudiya Arabistoni)

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining chorak finaldagi raqibi Saudiya Arabistoni musobaqaning guruh bosqichida gol o'tkazib yubormagan yagona jamoaga aylandi. Bunday natijaga erishishda darvoza qo'riqchisining o'rni beqiyos bo'lgani shubhasiz. Ayniqsa, Avstraliyaga qarshi bahsda Mahmud al Burayh naq 6 ta seyvni amalga oshirgan. 3-turda unga dam berilganiga qaramay, hamkasbi ham o'ziga bildirilgan ishonchni oqladi. Albatta, uning mahorati chorak finalda ish bermasligiga umid qilib qolamiz.

Himoyachilar

Nima Andars (Eron) 

2-raqamli o'ng qanot himoyachisi orqa chiziq vakili bo'lishiga qaramasdan, hujumda ham birday harakatlana oladi. Uning hujumkorlik borasidagi ko'rsatkichlari ham dahshatli darajada. Andars Janubiy Koreyaga qarshi o'yinda hisobni ochish bilan bir qatorda, Afg'onistonga qarshi o'yinda xet-trik assist muallifiga aylangan holda turnirning eng yaxshi golli uzatmalar muallifi bo'lib turibdi. Qolaversa, Nima 9 ta vaziyat yaratgan holda bu borada ham ilg'orlardan bo'lib turibdi.

Andriano Lebib (Avstraliya)

Markaziy himoyachi guruh bosqichi o'yinlarining ko'pgina vaziyatlarida jamoasiga joni oro kirdi. Jumladan, 14 marotaba raqiblarning xavfli hujumini bartaraf etishni uddalagan. Lebib jismoniy jihatdan ham baquvvat va kuchli futbolchilardan sanaladi.

Yosin Xolid  (Saudiya Arabistoni)

Baland bo'yli himoyachining raqib hujumlarini bartaraf etishda hamda o'z darvozasi daxlsizligini saqlash yo'lida hissasi yuqori. Qolaversa, Yosin tartibli o'yin namoyish etadi, ikkinchi qavatda faol, hujumlarni buzishda esa uning sherigi Barnavi "Kazemiro" vazifasini bajaradi. Pley-off bahslarida ham Yosin raqib hujumchilariga ancha boshog'riq bo'lishi tabiiy.

Kang Min-Vu (Janubiy Koreya)

Koreya terma jamoasi sardori maydonda ham etakchi ekanligini namoyon etmoqda. Kang raqib hujumlarini zararsizlatirish bilan birga jamoasining hujum tashkil etishida boshlovchi hamda "zanjir" vazifasini ham bajaradi. To'psevar himoyachi guruh bahslari davomida sheriklariga 233 ta pas bergan, bu musobaqa ishtirokchilari orasida eng yaxshi ko'rsatkich sanaladi.

Yarim himoyachilar

Ollobergan Karimov (O'zbekiston) 

O'zbekistonlik yarim himoyachi ikkita ko'rsatkich bo'yicha turnirning eng yaxshisi bo'lib turibdi. Ollobergan vaziyat yaratish bobida (10 ta) peshqadam bo'lib turibdi. Agar uning mahoratiga shubha qilsangiz, Yaponiyaga qarshi o'yinda Saidovga uzatgan super pasiga qiyo boqing. Vetnamga qarshi gol yuzaga kelishida ham Karimov aqlli harakat amalga oshirgan. Bundan tashqari, 17-raqamli futbolchimiz kross uzatmalar amalga oshirishda (30 ta) haqiqiy lider bo'lib turibdi.

Laziz Mirzaev (O'zbekiston)

Terma jamoamiz sardori haqida uning o'yinini kuzatganlar uchun ortiqcha tarif berishga hojat bo'lmasak kerak. Garchi Laziz raqib darvozasiga to'p kiritmagan bo'lsa-da, ikkita muhim golli uzatma amalga oshirgan holda undan kam ish qilgani yo'q. SHu bilan birga, Mirzaev 9 ta vaziyat tashkil etgan holda markazdagi hamkasbidan keyingi eng yaxshi natijani qayd etib turibdi. Demak, mana shu ikki hamyurtimiz vatandosh bo'lgani uchun emas, o'zini har taraflama namoyish eta olgani uchun ramziy terma jamoaga loyiq deb topildi.

Koi Mochizuki (Yaponiya)

Mochizuki O'zbekistonga qarshi o'yinda zaxirada qoldirilgandi. Ammo Yaponiya shunday jamoaki, zaxira o'yinchilari ham maydonda istaganini qila oladiganlar toifasidan sanaladi. Keyingi ikki o'yinda maydonga tushirilgan yarim himoyachi raqib darvozasiga 3 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi hamda asosiy tarkibga loyiq ekanligini isbotladi.

Hujumchilar

Van Yudong (Xitoy) - 3 ta gol 

Xitoy terma jamoasi o'z guruhida so'nggi o'rinni egallab, musobaqa bilan erta xayrlashdi. Ammo 16 yoshli Van Yudong o'z o'yini bilan yodda qoldi. Xitoylik hujumchi uchta gol bilan to'purarlar qatoridan o'rin egalladi, ammo shu natija bilan pley-offga emas, Bangkok aeroportiga yo'l oladigan bo'ldi.

Kim Myung-Jun (Janubiy Koreya)

Janubiy Koreya dastlabki turlarda xumoridan chiqqunga qadar raqib darvozasini ishg'ol qildi. SHunga qaramay, so'nggi turdagi mag'lubiyat ularni ikkinchi o'ringa badarg'a qildi. Markaziy hujumchi Kim Myung-Jun dastlabki turdayoq xet-trik qayd etishga muvaffaq bo'ldi. Eronga qarshi o'yinda esa u va to'purar sherigining boshlang'ich tarkibdan o'rin olmaganini tushunish qiyin, murabbiyning bu rejasi esa ish bermadi. SHunga qaramay, koreyaliklar guruhdan eson-omon chiqishdi va nisbatan qulay raqibga duch kelishadi. Kim aslida kim ekanligini yana namoyish etadimi-yo'qmi, buni vaqt ko'rsatadi.

Yun Do-Yung (Janubiy Koreya)

Koreyslarning muvaffaqiyatida Yun Do-Yungning ham xizmatlari beqiyos. Qatarga qarshi o'yinda jamoasi gollaridan biriga mualliflik qilgan hujumchi Afg'onistonga qarshi bahsda dublga erishdi. Bo'lajak o'yinlarda ham jamoadaoshi Kim Myung-Jun bilan birgalikda to'purarlik poygasida etakchi bo'lishga harakat qilib ko'radi. Buning uchun esa, dastlab chorak finalda musobaqa mezbonini xafa qilish talab etiladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика