So’nggi yangiliklar

01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  1 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  3 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  18 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  4 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  55 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  69 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  3 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  4

Tursunboy Husanov: “Hakam ikkinchi sariqni bermasa ham bo'lardi” Yangiliklar

Tursunboy Husanov: “Hakam ikkinchi sariqni bermasa ham bo'lardi”

Qo'qonda bo'lib o'tgan vodiy derbisida maydonni qizil kartochka tufayli ertaroq tark etgan “burgutlar” himoyachisi Tursunboy Husanov uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Qo'qon-1912”ga qarshi o'yinga yuqori darajada tayyorgarlik ko'rgandik. Uchrashuvdan bir kun oldin, Qo'qonga borib o'yinoldi mashg'ulotini o'tkazgan xolda, astoydil hozirlik ko'rilgandi. Ochig'i, ilgari bunday bo'lmagandi. SHundan ham bilsa bo'ladiki, jamoamizning maqsadi jiddiy edi. Afsuski minglab ishqibozlarimizni xursand qila olmadik.

O'yinga keladigan bo'lsak, vodiy derbisida haqiqiy jang kechadi. SHunday bo'lishi avvaldan malum edi. Raqib jamoa ham o'z uyida yutqazmaslikka bor kuchi bilan xarakat qildi. Menimcha o'yin tashkil etish borasida “Andijon” mezbonlardan sira qolishmadi.

O'tkazib yuborilgan birgina gol, xarakatlarimizni chippakka chiqadi. Gol bo'lgan vaziyatni nima deb izohlash mumkin? Bilasizmi bu kabi o'yinlarda kim birinchi gol ursa yutib ketadi. SHu bois biz ham asosiy etiborni hisobni ochib olishga qaratdik. Qo'qonliklar esa qarshi hujumdan unumli foydalanib qolishdi. SHundan keyin ham bizda hisobni tenglashtirish uchun bir necha marotaba imkoniyat yuzga keldi. Ammo birozgina aniqlik etishmadi.

Qizil kartochkaga keladigan bo'lsak. Undan sariq kartochka olgandim. SHunga qaramay o'yinni jangavor tarzda o'tkazishga xarakat qildim. Bunday jangavor kurashlarga boy tarzda kechadigan uchrashuvlarda birinchi sariq kartochkadan so'ng o'zingizni extiyot qilib o'ynasangiz bo'lmaydi. SHuning uchun men ham kurashdan qochmasdan, astoydil xarakat qildim. Ochig'i, ikkinchi sariq kartochkani bosh hakam bermasa ham bo'lardi. Birinchisiga esa etiroz bo'lishi mumkin emas. Menimcha uchrashuvda Andijonda bo'lganida ikkinchi sariq kartochka ko'rsatilmasdi.   

Qizil kartochka olib jamoani qiyin ahvolga solib qo'yganimdan afsusdaman. Buning uchun rahbariyat, murabbiylar va butun jamoadan uzur so'rayman. Ayniqsa ishqibozlardan. Menimcha hech kim bunday o'yinlarda atayin qizil kartochka olaman deb xarakat qilmaydi. Afsuski men bilan shunday xolat yuz berdi.

Endi keyingi turda “Andijon”ni yana bir jiddiy o'yin kutib turibdi. Yana vodiy derbisi. Bu safar “Neftchi”ni qabul qilamiz. Jamoadoshlarimga ishonaman. Ular nasib qilsa o'z uyimizda g'alaba qozona oladilar.


"Andijon" mutbuot xizmati

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика