So’nggi yangiliklar

11:15"Бухоро" футболчилари "Динамо"га қарши ўйин ҳақида қандай фикрлар билдиришди?  0 11:05Sofascore. "Ал Файха" ғалаба қозонган баҳсда Шукуров қандай баҳо олди?  0 10:38“Реал Мадрид“ ПСЖнинг етакчиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 10:10Финалда мағлуб бўлган Гвардиола ўйин ҳақида нималар деди?  8 09:41Захирадан майдонга тушганлар ўйин тақдирини ҳал қилган "Бухоро" - "Динамо" учрашувидан ФОТОГАЛEРEЯ  0 09:41Элдор Мойлиев: «Ғалабани мухлисларга бағишлаймиз»  1 08:44Максим Шацких «Андижон»даги дебют учрашувидан сўнг нималар деди?  14 08:13Пролига. Бугун 2-даврага старт берилади  0 07:40Суперлига. Бугун Тошкентда ажойиб ўйин бор  5 06:00Суперлига. Тошкентдаги чангли ўйинда дуранг қайд этилди. "Қўқон-1912" ўз майдонида, "Андижон" эса сафарда мағлубиятга учради  0 01:55Лига 1. Хвичанинг дубли ПСЖга "Осер" устидан ғалабани тақдим этди  2 01:14"Ливерпуль" янги битимни эълон қилди  4 00:47Баҳром Ҳайдаров: "Иккита мағлубиятдан сўнг фожиа ясаш нотўғри"  3 00:45Гвардиола мавсумда 16 та ўйинда мағлуб бўлди. "Ман Сити" устози фаолиятидаги антирекордни янгилади  12 23:38Рўзиқул Бердиев: "Қўқон-1912" анча курашувчан жамоа эканлигини билардик"  7

"Turon" ustozi Denis Bushuev: "Birinchi bo'limda munosib harakat qilgandik. Ikkinchi bo'limda esa hech nima o'xshamadi" Yangiliklar

"Turon" ustozi Denis Bushuev: "Birinchi bo'limda munosib harakat qilgandik. Ikkinchi bo'limda esa hech nima o'xshamadi"

Coca Cola Superligasining 7-turi doirasidagi "Turon" - "Navbahor" (0:2) bahsidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Denis Bushuev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Hammaga salom. O'yinga kelsak, men uchun alamli mag'lubiyat. Birinchi bo'limda munosib harakat qilgandik. Ikkinchi bo'limda hech nima o'xshamadi. Golga olib keladigan xatolar qildik. "Navbahor" kabi kuchli jamoa bunaqa xatolarni kechirmaydi. Bunday xavoda o'yinga qaytish qiyin bo'ldi. Vaziyatlar bo'ldi. Keyingi turda umuman boshqacha o'yin ko'rsatamiz. 

- O'zbek futboli haqida sizda malumot bo'lganmidi? "Paxtakor", "Navbahor" va "Neftchi" klublari Sobiq ittifoq birinchiligida ham ishtirok etishgan...

- Menga kerak bo'lgan barcha malumotlarni olganman. O'zbek futboli haqidagi barcha malumotlar menda bor. Biror mamlakatga borganingizda albatta o'sha davlat madaniyati, ananalarini o'rganishingiz kerak. 

- O'zbek futbolchilaridan aynan kimlarni bilasiz? Masalan, Mirjalol Qosimov...

- Albatta, Mirjalol Qosimov. O'zbek futboli afsonasi. Uni hamma taniydi. Televizor orqali o'yinlarini ko'rganmiz. Hozir kimnidir sanamasdan ularni hafa qilish niyatim yo'q. O'zbekistondan juda ko'p kuchli futbolchilar chiqqan.

- Nima uchun bugungi o'yinni sof hujumchisiz boshladingiz?

- Afsuski, o'yin oldidan hujumchimiz mashg'ulot payti jarohat oldi. Biz 10 daqiqa ichida qaror chiqarishimiz kerak edi. Biz to'pni egallashga harakat qildik. Bu faqatgina bir o'yin, yashashda va harakat qilishda davom etamiz. Keyingi o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz.

- Jamoani endi qabul qilib oldingiz. Tarkibdan ko'nglingiz qanchalik to'ldi va yozgi transferlar paytida jamoada katta o'zgarishlarni ko'rishimiz mumkinmi?

- Hozir tarkib haqida gapirmoqdamiz. Men kelganda transferlar oynasi yopiq edi. Bizda jamoa bor, men ularga ishonaman. Ular natija ko'rsata olishadi va muxlislarni xursand qilishadi. 

- Abega Enyang o'tgan o'yinda maydonga tushib gol urgandi. Nega u bugun maydonga tushirilmadi?

- Kelinglar, hozir maydonda o'ynamagan futbolchi haqida gapirmaydik. Har bir futbolchini o'z kuchli tomonlari bor. Biz aynan bugungi tarkibni tanladik va ularga ishonch bildirdik. 

- Superliganing darajasini qanday baholaysiz?

- Men nafaqat chempionat, balki yoshlar terma jamoasining o'yinlarini ham ko'rdim va yaxshi manoda xayron qoldim. Ularning darajasi boshqa davlatlarga qaraganda ham ancha yuqori. Aytishim mumkinki, o'zbek futboli menga yoqdi. Maydonlarning holati ham ajoyib, muxlislar o'yinlarga kelishmoqda. Hamma bundan zavq olmoqda. Evropa mamlakatlari va boshqa davlatlar o'zbek futbolini etarlicha baholamasligiga yana bir bor amin bo'ldim. Daraja yuqori va yanada o'sishda davom etmoqda. 

- "Turon" birinchi bo'limda ancha tartibli o'yin ko'rsatdi. Biroq, keyin juda ko'p xatolarga yo'l qo'yildi. Buning sababi nimada deb o'ylaysiz?

- Futbol bir taym o'ynalmaydi. Gapingizga qo'shilaman. Birinchi taymda gol urishga yaqin keldik. Afsuski, ikkinchi bo'limda xatolarga yo'l qo'ydik. Yosh bolacha xatolar evaziga gollar o'tkazdik. Goldan keyin o'yinga qaytish qiyin bo'ldi. Biz harakat qildik, ammo ikkinchi gol juda noqulay paytda urildi. Raqibning juda tartibli va aqlli o'yinini takidlab o'tishim kerak. 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика