So’nggi yangiliklar

11:25Рафинья "Олтин тўп"ни топшириш маросимида иштирок этадими?  0 11:22"Тушунишимча, ҳакам пенальтини ўзи белгиламаган, уни мониторга чақиришган" — "Сўғдиёна" - "Динамо" учрашуви ҳакамлик муҳокамаси  3 10:49"Челси" футболчиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  0 10:27Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи Чехия клубида амалиёт ўтайди  0 10:17Гарначо келажаги борасида бир қарорга келди  1 09:45"Рома"нинг янги футболчиси илк машғулотда жароҳат олди  4 09:17"Манчестер Сити"нинг яна бир футболчиси ёзда жамоани тарк этади  1 08:50"Ливерпуль" асосан захирада қолиб кетаётган футболчисини 50 миллионга сотишга яқин  1 08:22Here we go. "Арсенал" "Тоттенхем" билан деярли шартнома имзолаган футболчини илиб кетди  4 07:55Суперлига. "Динамо" ва "Навбаҳор" сўнгги сонияларда ғалабани қўлдан чиқарди  2 07:53"Интер Майами" Лига кубогининг ярим финалига йўл олди  2 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  9 02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  9 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  5 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  2

"Turon" nazorat bahsida "Yozyovon-Lochinlari"ni mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

"Turon" nazorat bahsida "Yozyovon-Lochinlari"ni mag'lubiyatga uchratdi

Bugun Yozyovon tumanidagi "Markaziy" o'yingohda Yaypanning "Turon" va Yozyovonning "Yozyovon-Lochinlari" jamoalari o'rtasida nazorat uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning birinchi bo'limi dastlabki daqiqalarida "Turon" vakillari mezbonlar darvozasiga tezkor gol kiritishning uddasidan chiqdilar. Bu vaziyatda tajribali futbolchi Sunnatillo Ermatov aniq zarba bilan "Yozyovon-Lochinlari" darvozasini ishg'ol etdi - 0:1. O'tkazib yuborilgan goldan so'ng mezbon jamoa futbolchilari ham hujumkorlikni oshirishdi. Bo'lim so'ngiga qadar har ikki jamoa vakillarida ham gol kiritish uchun vaziyatlar yuzaga kelgan bo'lsada, darvozalar daxlsiz qoldi.

Ikkinchi bo'limda yaypanliklar bosh murabbiyi Islom Ismoilov "Turon" tarkibida bir necha o'zgarishlarni amalga oshirdi. Yuzaga kelgan vaziyatlarda zahiradan o'yinga qo'shilgan Muhammadkomil Nizomov ikki bor mezbonlar darvozasini ishg'ol etdi.

Ikkinchi bo'lim oxirlab borayotgan bir vaqtda nihoyat mezbonlar "Turon" darvozasiga gol kiritishning uddasidan chiqdilar, gol muallifi "Yozyovon-Lochinlari"ning tajribali futbolchisi SHahbozbek Abdurahmonov bo'ldi.

Qayd etib o'tish lozim, ikkinchi bo'limda "Turon" jamoasi safida Javohir Soxibov mezbonlar darvozasiga belgilangan penaltini golga aylantira olmadi. Bu vaziyatda "Yozyovon-Lochinlari" jamoasi posboni Jasur Abdullaev mahorat ko'rsatib, to'pni qaytarib qoldi.

Uchrashuv shu tariqa "Turon" jamoasining 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Nazorat uchrashuvi.

Yozyovon. "Markaziy" o'yingoh

"Yozyovon-Lochinlari" - "Turon" 1:3 (0:1)

Gollar: Sunnatillo Ermatov (0:1), Muhammadkomil Nizomov (0:2), Muhammadkomil Nizomov (0:3), SHaxbozbek Abdurahmonov (1:3)

"Yozyovon-Lochinlari": Jasur Abdullaev, Husanboy G'aniev, Karimberdi Mamadaliev, Jasurbek Otaxonov, Zohid Ismoilov, Maqsad Ibragimov, Abdumalik Ismoilov, Abdulaziz Jo'raboev, SHahbozbek Abdurahmonov, Abdumutal Abdurahmonov, Asilbek Alijonov

Zahira: SHahrizod SHarobiddinzoda, Naimjon Yusupjonov, Samandar Yusufzoda, Abduvohid Soliev

"Turon": Akmal Ortiqov, Ismoil Oxunjonov, SHoxrux Xolmatov, Asliddin Toshtemirov, Abdulaziz Abdurashidov, Oybek Axmatov, Javohir Sohibov, Sunnatillo Ermatov, Bilol Toshmirzaev, Doniyor Ismoilov, Davron Isoqov

Zaxira: Mirzoxid Jalilov, Asilbek Qayumov, Saidabzalxon Axrorov, Muxammadkomil Nizomov, Dilshod Xushbakov


Bekzod Tolibov tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика