So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  14 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  5 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  168 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  54 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  10 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

O'rtoqlik uchrashuvi. "Turon" Qozonda "Rubin"ga yirik hisobda yutqazdi Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. "Turon" Qozonda "Rubin"ga yirik hisobda yutqazdi

Teglar :  "Rubin""Turon"
Rossiyada "Rubin" va "Turon" o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida 3:0 hisobi qayd etildi.

Uchrashuv yopiq tarzda o'tkazilmoqda. Umarali Rahmonaliev asosiy tarkibda, Rustam Ashurmatov esa zaxirada.

"Rubin" – "Turon" 3:0

Gollar: Famaye, Daku (dubl)

"Turon": Rahimjon Davronov, Abubakir Ashurov, Asliddin Toshtemirov, Xurshidbek Muxtorov, Adug'ani Kamolov, Abdulazizxon Abdurashidov, SHaxzodbek Raxmatullaev, Nodirbek Mukarov, Fayzullobek Jumanqo'ziev, SHohmalik Komilov, Azizbek Xolmurodov.

"Rubin" asosiy tarkibi:

- Uchrushuv yakunlandi.

- Ikkinchi bo'lim so'ngida "Turon" uchinchi golni ham o'tkazib yubordi.

- Mezbonlar ikkinchi golni ham kiritishga muvaffaq bo'lishdi. Qarshi hujumda “Rubin”ning tajribali legioner futbolchilari bir oz ustunlikka ega bo'lishmoqda.

“Rubin” safida yana bir hamyurtimiz Rustam Ashurmatov o'yinga qo'shildi.

- Gol! “Rubin” vakillari o'yinda hisobni ochishdi. Qarshi hujumda yaxshi vaziyatga chiqib borgan mezbonlar hujumchisi aniq zarba bilan darvozamizni ishg'ol qildi.

- “Rubin” vakillari burchak zarbasi ijro etishgandi, vaziyat xavfli tus oldi, himoya chizig'imiz vakillari to'pni uzoqlashtirishga muvaffaq bo'lishdi.

- Uchrashuvning ikkinchi bo'limi boshlandi!


- Uchrashuvning birinchi bo'limi yakuniga etdi, tanaffus.

- Jumanqo'zev qanotdan hujum tashkil etdi, to'pni SHohmalik tomon uzatdi! Vuuuh! Komilovning jarima maydoni ichkarisidan yo'llagan zarbasi darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi!

- Abubakir Ashurov quvnoq tarzda “Rubin” hujumchilarini himoyada “etaladi”. Yosh himoyachi dastlab go'yo to'pni oldirib qo'ygandek ko'rindi, biroq bir ozdan so'ng vaziyat to'liq o'z nazoratida ekanini ko'rsatdi.

- SHohmalik Komilovdan zo'r uzatma! Zo'r vaziyat! Fayzullobek! Eh... To'p o'tganida bormi? Jumanqo'ziev yo'nalishi tomon uzatilgan to'pga so'ngi pallada himoyachi ulgurib qoldi!

- Jumanqo'ziev! Qanday vaziyat! Fayzullobek qanotdan zo'r hujum tashkil etdi, birin-ketin raqiblarni ortda qoldirdi, biroq so'ngi pallada to'pni o'zidan bir oz uzoqlashtirib yubordi! Aks xolda u darvozabon bilan birga bir vaziyatda qolayotgandi.

- Bu vaziyatda “Rubin” posboni oldinroqqa chiqib ketgandi, zarba aniq bo'lganida hisobni ochishimiz muqarrar edi.

- Vuuuuuh! SHohmalik Komilov qarshi hujumda to'pni egallab olib, to'pni darvozabonning ustidan tashlab qo'ymoqchi edi, biroq zarbaga bir oz aniqlik etishmadi.

- Mezbonlar tomonidan tashkil etilgan hujum xavfli chiqqandi, jamoamiz posboni Rahimjon Davronov o'z o'rnida.

- O'yin boshlandi.


O'yin yopiq tarzda o'tkazilayotgani sababli "Turon" klubi matbuot xizmati tomonidan berilayotgan matnli sharhni etiboringizga xavola qilamiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика