Turkmaniston terma jamoasi Dubaydagi yig'inni yakunladi
20 okt 2023 14:18
Yangiliklar
Turkmaniston terma jamoasi Dubaydagi yig'inni yakunladi
8-18 oktyabr kunlari Turkmaniston terma jamoasi Dubayda yig'in o'tkazdi.
BAAda Mergen Orazov shogirdlari uchta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.
Turkmaniston terma jamoasi so'nggi o'rtoqlik uchrashuvini BAAning “Ajman” klubiga qarshi o'tkazib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
19 oktyabr kuni Turkmaniston terma jamoasi Ashxobodga qaytib keldi.
Avvalroq qo'shnilarimizning “Dubay Yunayted” (3:1) va "SHabab Al Ahli" (1:4)ga qarshi o'yin o'tkazgani to'g'risida xabar berilgandi.
JCH-2026 saralashida Turkmaniston terma jamoasi “E” guruhida Eron, O'zbekiston va Gongkong terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan.
Turkmaniston terma jamoasi JCH-2026 final bosqichiga yo'l olish uchun kurashni 16 noyabr kuni bo'lib o'tadigan O'zbekistonga qarshi uy uchrashuvidan boshlaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar