So’nggi yangiliklar

14:39"Реал" Эдегорни ортга қайтармоқчи  2 14:10Футзал. Олий лига 2-тур учрашувларига Андижон мезбонлик қилади  0 13:43Манба: Отабек Шукуров фаолиятини қаерда давом эттириши маълум  1 13:16Испаниялик мураббий: "Ўзбекистон Кубоги финалига "Пахтакор" ва "Бухоро" чиқади"  6 12:49​"Ливерпуль" афсонасининг ўғиллари "Сити"да дебют қилди  0 12:22Ишончсизлик ҳақидаги миш-мишлар рад этилди: Алонсо Винисиус ҳақида баёнот берди  0 11:53"Арсенал" Япония терма жамоаси вингери билан шартнома тузмоқчи  0 11:21Вадим Абрамов Самарқандда тарих ёзадими? "Пахтакор"да ортга йўл қолмади  5 10:46Рауль Бундеслига жамоасига бош мураббий бўлиши мумкин  0 10:18Узоқ муддатга сафдан чиққан Гави жароҳати ҳақида фикр билдирди  1 09:48"Манчестер Сити" меҳмонга боради. Лига кубогининг навбатдаги босқичига қуръа ташланди  3 09:40Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари  5 09:22Суперлига. Бугун 23-турга старт берилади  18 08:55Рустам Ашурматов жума куни майдонга тушиши мумкин, Машарипов эса  0 08:27Остон Ўрунов яна жароҳат олди   5

Turkiyadagi zilzila oqibatida "Sivasspor" murabbiyining 15 nafar qarindoshi halok bo'ldi Yangiliklar

Turkiyadagi zilzila oqibatida "Sivasspor" murabbiyining 15 nafar qarindoshi halok bo'ldi

"Sivasspor" darvozabonlar murabbiyi Ayxan Tenbelo'g'li Turkiyadagi zilzila tufayli 15 nafar qarindoshini yo'qotdi.

Bu haqda "Hurriyet "nashri xabar bermoqda.

"Sivasspor"ning rasmiy saytida ham Tenbelo'g'liga hamdardlik maktubi paydo bo'ldi, biroq vafot etgan qarindoshlari soni ko'rsatilmagan.

"Kaxramanmarashda ro'y bergan zilzila oqibatida jamoamiz yordamchi murabbiylaridan biri, Xatayda yashovchi Ayxan Tenbelo'g'lining ko'plab yaqinlari halok bo'lgani haqida qayg'uli xabar oldik. Ayxan Tenbelog'li, uning oila azolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz hamda halok bo'lganlarni Allohdan rahmatiga olgan bo'lsin deymiz", – deyiladi klub bayonotida.

Dushanba kuni ertalab Turkiya janubi-sharqida 7,7 magnitudali zilzila yuz berdi. So'nggi malumotlarga ko'ra, 4 mingga yaqin odam qurbon bo'lgan.


O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga ko'ra, bugun Turkiyadagi zilzila oqibatida Malatya provinciyasida bir nafar O'zbekiston fuqarosi halok bo'ldi. Bundan tashqari, to'rt nafar hamyurtimiz bedarak yo'qolgan. Ularni topish bo'yicha tezkor qidiruv-qutqaruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика