So’nggi yangiliklar

10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  0 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   0 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  10 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  5 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  21 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  3 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  2

Turkiya. “Metallurg” Daniya jamoasi yoshlarini mag'lub etdi Yangiliklar

Turkiya. “Metallurg” Daniya jamoasi yoshlarini mag'lub etdi

Turkiyaning Antaliya shahrida qishki yig'inini davom ettirayotgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi bugun Daniyaning besh karra chempioni – “Vayle U-19” jamoasi bilan nazorat uchrashuvini o'tkazdi va 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

Mazkur uchrashuvda bosh murabbiy Luisma Ernandes avvalgi ko'rikda kamroq o'yin amaliyotiga ega bo'lgan futbolchilarga imkoniyat berdi. 

Bahs bekobodlik futbolchilarning to'liq ustunligi ostida o'tdi. Bu esa yakuniy hisobda ham o'z aksini topdi. Etiborga molik jihati, Daniya yoshlari darvozasiga gollarning ikkitasini “Metallurg”ning 19 yoshli yarim himoyachisi SHahzodjon Nematjonov urdi. Yana bitta gol klubga yangi qabul qilingan iqtidorli hujumchi Jasur Ashurov hisobiga yozildi.

Ertaga “Metallurg” Turkiya safaridagi so'nggi ko'rik uchrashuvini o'tkazadi. Bu galgi raqib Gruziya chempionati o'tgan mavsumining bronza medali sovrindori “Dila” (Gori) jamoasi bo'ladi.

Nazorat uchrashuvi

15.02.2022 yil

“Vayle U-19” (Daniya) - “Metallurg” (O'zbekiston) – 1:3

Gol: SHahzodjon Nematjonov (22, 82), Jasur Ashurov (57).

“Metallurg”: Akmal Ortiqov, Xudoyshukur Sattorov, Hakimxon Alamxonov, Odilbek Abdumajidov, Ergash Ismoilov, Ixtiyor Toshpo'latov, Muhammad Isaev, Jasur Ashurov, SHahzodjon Nematjonov, SHohnazar Norbekov, Zohid Abdullaev.

Zahira: Aleksandr Lobanov, Abbos Otaxonov, Abrorbek Toshqo'ziev, Farrux Ibrohimov, Farxod Bekmurodov, Damir Temirov, Muhammadali Aliqulov, Ibrohim Ibragimov, Salamat Quttiboev, Zabixillo O'rinboev, SHahzodbek G'ofurbekov, Fozil Musaev.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика