Turanga 20 mln. evrolik maosh taklif qilgan "Guanjou Evergrand", endi unga qiziqmayapti
03 iyu 2017 16:10
Yangiliklar
Turanga 20 mln. evrolik maosh taklif qilgan "Guanjou Evergrand", endi unga qiziqmayapti
"Barselona" yarim himoyachisi Arda Turan hozirgi klubini tark etish niyatida emas.
Birinchidan, turkiyalik futbolchida boshqa klublardan taklif yo'q. Ikkinchidan, uning fikricha, unda jamoa bosh murabbiy Ernesto Valverdega o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat bor.
Futbolchining istaklari klub rahbariyatiniki bilan mos tushmayapti. Ispan grandi PSJ yarim himoyachisi Marko Verrattini xarid qilishga umid qilmoqda va Turanning transferidan tushgan pullar italiyalikka sarflanishi kutilmoqda.
Turan uchun 50 mln. evro, futbolchining o'ziga 20 mln. evrolik maosh taklif qilgan Xitoy klubi "Guanjou Evergrand" turkiyalikka qiziqmay qo'ydi. Ayni damda Turanga "Arsenal", "Yuventus", "Fenerbaxche", "Beshiktosh" va "Galatasaroy" qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar