So’nggi yangiliklar

11:14Суперлига 17-тур баҳсларига ҳакамлар тайинланди  1 10:38Февзи Давлетов: "Қизилқум" икки тайм давомида позицион ҳимояланди"  0 10:10Сон Хён Миннинг янги жамоаси маълум  1 09:39Саудия Арабистони терма жамоаси аъзоси Франция клубига ўтди  1 09:08"Бавария" футболчиси фаолиятини АПЛда давом эттиради  1 08:50Ўртоқлик учрашувлари. Сон Хён Мин "Тоттенхем" мухлислари билан хайрлашди, "Аякс" "Монако" билан дуранг ўйнади, "Порту" эса "Атлетико" устидан ғалаба қозонди  0 08:37"Ал Насср" "Манчестер Сити" футболчисига таклиф билан чиқмоқчи  0 08:06"Реал" футболчисини Бразилия клубига текинга қўйиб юбормоқда  0 07:35МЮ АҚШдаги кичик турнирда ғалаба қозонди  1 07:15"Андижон" ва "Хоразм" учтадан гол уриб ғалаба қозонишди, "Сурхон" — "Қизилқум" баҳсида эса голсиз дуранг қайд этилди  0 01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  2 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  1 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  8 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5

Tur murabbiyi - Hamidjon Aktamov Yangiliklar

Tur murabbiyi - Hamidjon Aktamov

"Qizilqum" bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov Superliganing 4-turining eng yaxshi murabbiyi nomiga sazovor bo'ldi.

Jizzaxda o'tgan "So'g'diyona"ga qarshi bahsda ishonchli o'yini orqali mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. Tarkibdagi bir qator yo'qotishlarga qaramasdan Aktamov ushbu uchrashuvda jamoasini yaxshi tayyorladi. Jamoa sardori Erkin Boydullaev, hujumchi Andrey Sidorovlarning yo'qligi "Qizilqum" uchun katta yo'qotish edi. SHuningdek, o'yin avvalida  Boydullaevning o'rnida harakatlangan Alisher Sanoev ham kutilmaganda jarohat olib maydonni tark etgandi. Ammo ushbu yo'qotishlarga qaramasdan Aktamov kerakli o'zgarishlarni amalga oshira oldi va yakunda muhim g'alaba bilan uyga qaytishga muvaffaq bo'ldi. Murabbiy qo'l urgan o'zgarishlari natijasida bellashuvda xet-trik qayd etgan turning eng yaxshi futbolchisi Elguja Grigalashvili dastlab o'yinni hujumchi ortida boshlagandi. Ammo tanaffusdan so'ng Aktamov ushbu futbolchini Doniyor Usmonov bilan o'rnini almashtirdi. Yani Elguja Grigalashvili ikkinchi taymda hujumchi ortida emas, balki hujumkor vinger sifatida chap qanotda o'ynadi. Buning samarasi ularoq gruziyalik futbolchi o'z qanotidan hujumlarni keskinlashtirdi va raqib darvozasi tomon uch marotaba yo'l topishga muvaffaq bo'ldi.

SHu tariqa Hamidjon Aktamov Superliganing 4-turining eng yaxshi murabbiy deb topildi.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика