So’nggi yangiliklar

12:04"Манчестер Юнайтед" Онана бўйича қарор қабул қилди  0 11:24АПЛ клублари "Бавария" кўзлаган ўйинчини илиб кетмоқчи  0 10:49"Барселона"нинг икки нафар футболчиси турк клубига ўтиши мумкин  0 10:22Ҳиндистон Аргентина билан ўртоқлик учрашуви учун катта миқдорда пул тўлайди ва бир нечта шартлар қўяди  8 09:55"Ливерпуль" Салоҳнинг ўринбосарига 200 миллион евро тўлашга тайёр  0 09:27Флорентино Перес муддатидан аввал президентликдан кетмоқчи  9 09:00Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди  22 08:32Суперлига. Бугун "Динамо" учинчи ўринга кўтарилиб олиши мумкин  9 08:05Миср терма жамоаси устози кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  21 07:39U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун нимчорак финал йўлланмаси учун майдонга тушамиз  7 02:50ЖЧ-2026 саралаши. Хорватия жаҳон чемпионатида, Германиядан ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:55U-17 Жаҳон чемпионатида 1/8 финалга чиққан илк иштирокчилар маълум бўлди  12 01:33Одил Ҳамробеков: "Эрон термасидаги жамоадошларим финалга чиққанимиз билан табриклашди"  4 01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  6 01:00Абдулла Абдуллаев: "Ҳақли равишда ғалаба қозондик"  0

Tugadi! Endi o'zbek klublari o'z smetasini mustaqil tuza olmaydi Yangiliklar

Tugadi! Endi o'zbek klublari o'z smetasini mustaqil tuza olmaydi

Futbolimiz kelajagiga jiddiy tasir qiluvchi yana bir qadam tashlandi.

"Championat.asia" tahririyatiga malum bo'lishicha, shu oyning 22-sanasida O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov nomidan klublarga xat chiqarilgan. 

Unga ko'ra, Superliga va Pro ligada ishtirok etuvchi, ustav kapitalida davlat ulushi bo'lgan professional futbol klublarining yillik xarajatlar smetasi bundan keyin O'FA bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. 

Tashkilot bu orqali mablag'ni tasdiqlash jarayonida asosiy etibor klublarning infratuzilmasini rivojlantirishga, shuningdek, ayollar va futzal jamoalariga, har bir jamoa negizida akademiya hamda o'quv-mashg'ulot bazasini bosqichma-bosqich tashkil qilishga yo'naltirilishini taminlamoqchi. 

Mazkur qaror har yil davlat korxonalari tomonidan ajratiladigan milliardlarni "havoga sovurib yuboradigan" jamoalarni rivojlantirish uchun yaxshi qadam bo'lishi mumkin. Xo'sh, bu yo'lga qachon o'tiladi?

Takidlanishicha, bu talab O'zPFLning 2022 yilgi reglamentidan o'rin oladi. SHu tufayli har bir klub 2022 yilgi harajatlar smetasi loyihasini ishlab chiqib, joriy yilning 15 noyabriga qadar O'FAga taqdim qilishi shart. Demak, vaqt oz qoldi.

PFLdan inqilobiy yurish: Transferlar oynasiga cheklov qo'yildi 

Muallif :
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика