Trentning "Real"ga o'tish ehtimoli 98 foizga baholanmoqda
28 jan 18:23
Yangiliklar
Trentning "Real"ga o'tish ehtimoli 98 foizga baholanmoqda
"Liverpul" o'ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnold "Real" bilan kelishuvga yaqin turibdi.
"Qaymoqranglilar" yozda ingliz futbolchisi erkin agentga aylanganidan so'ng tarkibga jalb qilishdan umidvor. "Relevo" nashrining "Real"ga yaqin manbalariga tayanib xabar berishicha, kelishuvni 98% yakunlangan deb hisoblash mumkin. 26 yoshli futbolchi "Liverpul"dagi so'nggi mavsumini o'tkazmoqda.
Trent Aleksander-Arnold ushbu mavsum Arne Slot jamoasi safida 30 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Umumiy hisobda futbolchi "qizillar"ning asosiy tarkibida 340 o'yinda qatnashib, 21 ta gol va 87 ta uzatmaga mualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar