"Trent himoyachi emas..."
08 jan 19:20
Yangiliklar
"Trent himoyachi emas..."
Emmanuel Peti Trent Aleksander-Arnoldning himoyadagi o'yinini tanqid qildi.
"Mening Trent Aleksander-Arnold haqida fikrim doim bir xil bo'lgan - ajoyib o'yinchi, texnikasi yuqori, uzoqni juda yaxshi ko'radi va yaxshi pas beradi, lekin u himoyachi emas. U buni (himoyalanishni) yoqtirmaydi.
"Liverpul"dek jamoa bu ojizlikni o'z o'yini bilan yopib keta oladi. Lekin, aynan uni deb "qizillar" "Enfild"da "Manchester Yunayted"ga yutqazishlariga sal qoldi. Trentning himoyadagi o'yini "dahshatli" edi, Lisandro Martines gol urgan epizodda u dangasalik qildi.
Biroz qo'polroq gapirayotgan bo'lishim mumkin, lekin uning himoyadagi o'yin darajasi meni hayron qoldirmayapti. Aleksander-arnold to'p bilan o'z poziciyasida eng zo'ri, lekin to'psiz - eng yomonlaridan biri", - dedi franciyalik sobiq futbolchi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar