So’nggi yangiliklar

13:53Ван Дейк Салоҳ билан суҳбати ҳақида гапирди  0 13:24"Эмери эффекти": "Астон Вилла" клуб рекордини ўрнатди  3 12:56Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади  4 12:28Мадрид клуби "Манчестер Юнайтед" ҳимоячисини кузатмоқда  1 11:57Ўзбекистоннинг икки гранди МТЖ аъзосига қизиқмоқда  13 11:31Водий клуби "Нефтчи" легионерига кўз тикди  3 10:44Педри Мессининг 15 йил аввал ўрнатган рекордини янгилади  0 10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  2 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  3 09:20"Реал Мадрид" саккиз нафар футболчисини сотишга тайёр - DC  3 08:53Нури Шаҳин кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  3 08:25Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев кечаги учрашувда неча баҳо олишди?  5 07:59Грузиялик тўпурар ярим ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  16 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  9 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  20

“Trastbank” xodimlari o'rtasida o'tkazilayotgan “Spartakiada – 2024” sport musobaqalarining ochilish marosimi bo'lib o'tdi Yangiliklar

“Trastbank” xodimlari o'rtasida o'tkazilayotgan “Spartakiada – 2024” sport musobaqalarining ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Joriy yilning 17-18 avgust kunlari “Trastbank” xususiy akciyadorlik banki tizimida ishlovchi xodimlar o'rtasida “Spartakiada – 2024” sport musobaqalari o'tkazilmoqda.

Bugun, 17 avgust kuni ushbu sport bellashuvlarining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Erta tongdan ishtirokchilar o'zgacha kayfiyat, yuqori energiya bilan o'z iqtidorlarini namoyish qilishga shay holatda saflangan.

Tantanali ochilish marosimida so'zga chiqqan “Trastbank” XAB Boshqaruvi raisi o'rinbosari Komil Gabbazov barcha ishtirokchilarni ushbu sport bayrami bilan qutlab, ularga muvaffaqiyatlar tiladi. Bundan tashqari, sport – salomatlik va baxtli hayot manbai ekanligini takidlab, Bankda xodimlarning iqtidorlarini namoyon etishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligini bildirdi. Ananaviy tarzda o'tkazib kelinadigan “Spartakiada” sport bellashuvlari bunga yaqqol misol ekanligini, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi hamda “Trastbank”ning 30 yillik tantanalari arafasida o'tkazilayotgan ushbu “Spartakiada – 2024” sport musobaqalari xodimlarning yakdilligi va shijoatu g'ayratiga hissa qo'shishini qayd etdi.

Takidlash joizki, ikki kun davom etadigan musobaqada jamoalar sportning mini futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi va shaxmat turlari bo'yicha o'zaro kuch sinashadi. G'oliblar esa 24 avgust kuni o'tkaziladigan finalga yo'llanma oladi. Yakuniy bosqichda faxrli o'rinlarni egallagan jamoalar esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.

SHu o'rinda, “Spartakiada – 2024” sport musobaqalarida ishtirok etayotgan barcha jamoalarga omad tilaymiz!


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика